Fuqarolar murojaati
O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

Geliopoligon

"Geliopoligon" noyob ob’ektining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot


photo_2017-04-24_14-54-52.jpg"Fizika-Quyosh" IIChBsining Fizika-texnika institutidagi "Geliopoli-gon" O‘zbekiston Respublikasida quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish-ning samarali texnologiyalari va usullarini sinovdan o‘tkazadigan asosiy tajribaviy va namoyish markazidir.

 

Noyob ob’ektning faoliyatini ilmiy asoslash.

      "Fizika-Quyosh" IIChBsi Fizika-texnika institutidagi "Geliopoligon"-ning muvaffaqiyatli ish olib borishi avtonom iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun issiqlik va elektrenergiyasini ishlab chiqarishda hamda elektrotexnika, neft-gaz, to‘qimachilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari uchun import o‘rnini bosuvchi quyosh energiyasidan foydalanish orqali oksidli va boshqa materiallar asosidagi ishlanmalar uchun muhim qadam hisoblanadi.

      Geliopoligonda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun “Maktab va kollej o‘quvchilari tomonidan mutaxassislarni tayyorlash" mavzusida quyosh energiyasidan amalda foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan malakaviy o‘qitish kurslari muhim ahamiyatga ega va tajriba almashuvi maqsadiga muvofiqdir va bu tinglovchilar ongida uglevodorodli yoqilg‘ilardan kamroq foydalanib, atmosferaga chiqarilayotgan zaharli uglerod qo‘sh oksidi miqdorini kamaytirish, yangi zamonaviy innovatsion texnologik va texnik qurilmalar va o‘lchov asbob-uskunalari haqidagi dastoabki tushunchasilari shaklantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi.

      Bu nafaqat qayta tiklanadigan energiya manbalarining amaliy qo‘llanilishi uchun samarali, balki ulardan foydalanish juda qulay sodda ekanligidak darak beradi. O‘zbekistonda jami quyosh energiyasining yillik salohiyati 50 milliard 973 million tonna neft ekvivalentiga teng, ya’ni bugungi kunda O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarining jami umumiy salohiyatining 99,7 foizini tashkil etadi, texnik salohiyat 176,8 million tonnani tashkil etadi (qayta tiklanuvchi energiya manbalirining umumiy quvvati 98,6%). Quyosh energiyasining O‘zbekiston xududiga tushayotgan yillik ko‘rsatgichi energiya salohiyati ko‘ra, tasdiqlangan barcha uglerodli xom-ashyo zaxiralaridan katta miqdorda ustundir.

"Geliopoligon" da:

- turli xil dizayndagi quyosh suv isitgichlari;

- Suvni isitish uchun quyosh absorberi;

- Issiqxona sifatida foydalanish imkoniyati bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritadigan gelioquritgich;

- 60 Vt quvvatga ega quyosh fotoelektr tizimi;

- Stirling dvigateli quyosh energiyasi stansiyalari;

- parabolosilindrik kontsentratorlar.

-qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqarishga mo‘ljallangan biogaz qurilmasi.

Bundan tashqari, geliopoligon quyosh nurlanishining intensivligini o‘lchash va qayd qilish vositalari (aktinometr, piranometr va raqamli voltmetr)bilan jihozlangan.

  Noyob ob’ektning (xodimlarning, ilmiy-texnikaviy salohiyatning, moliyaviy ahvolning) hozirgi holati:

2003 yilda Fizika-texnika institutida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish uchun Geliopoligon alohida bo‘linma sifatida tashkil etilgan.

2017-yilga mo‘ljallangan "Geliopoligon" budjet mablag‘lari 81728 ming so‘mni tashkil etdi, ular xarajatlarni hisobga olgan holda ob’ektni saqlashga sarflandi.

Geliopoligon majmuasida 2017 yilda o‘tkaziladigan tadbirlar:

 - Deriya, Simsek, Solar City Solution, SOLIMPEKS quyosh suv isitish kollektorlari namunalari o‘rnatilgan va tajribalar olib borilgan.

- o‘g‘it ishlab chiqarish reaktoriga ega quyosh biogaz qurilmasining eksperimental namunasi o‘rnatilgan;

 - 1000 Vt quvvatga ega mobil avtonom fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi.

Bulardan tashqari geliopoligon holatini yaxshilash va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yilda quyidagi qo‘shimcha ishlar amalga oshirildi:

- Yoritish uchun fotoelektrik quyosh batareyalari bilan ta’minlanadigan avtonom fotoelektr stansiyasi (AFYeS, fotoelektrik panel quvvati - 200 Vt, batareya -200 A -12/24, invertor 10 A, yoritgich - 20 Vt, 40 Vt) - 4 dona o‘rnatildi




Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: