Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

INSTITUT YOSH OLIM VA XODIMLARI FAN FESTIVALIDA

Новости
19.05.2025
2025-yil 17-may kuni Botanika bog'ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki hamkorligida “FORMULA-2025” nomli keng ko‘lamli ilmiy-ommabop fan festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festivalda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti jamoasi ilmiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari B.A.Ergashev boshchiligida, yosh olimlar kengashi raisi Q.Musayev, G.U.Xudoyberdiyev, M.Shodmonov, B.S.Radjapov, T.Axtamov, R.Aliqulov va boshqa institut yosh olimlari havo, suv va tuproqda radon miqdorini online monitoring qiluvchi Radonometr qurilmasi, ko'chma kichik va o‘rta quvvatli fotoelektrik qurilmalar kabi ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Shu kuni, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Unda institutimiz yoshlari faol qatnashib, Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Festival juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ishtirokchilarda, ayniqsa yosh o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: