Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

Fizika-texnika instituti Yaponiyaning JICA pilot loyihasini qo’lga kiritdi

Новости
28.05.2025
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti Yaponiyaning halqaro hamkorlik agentligi (JICA) Zero-Energy Building (ZEB) pilot loyihasini amalga oshirish uchun rasmiy tanlab olindi. Fizika-texnika institutining bu loyiha uchun tanlab olingani JICAning Qo’shma muvofiqlashtiruvchi Qo’mitasining (JCC) ikkinchi yig’ilishida rasman tasdiqlandi. JICAning ushbu loyihasi doirasida Fizika-texnika institutining ma’muriy binosi energiya samarador, ya’ni minimal energiya sarflovchi binoga aylantiriladi. Binoning tashqi va ichki qismlari energiya saqlovchi ilg’or materiallar bilan qoplanadi. Ma’muriy binoning tom qismida quyosh panellari o’rnatilib, energiya samarador yagona sovitish-isitish tizimi barpo etiladi. Shuningdek, Fizika-texnika institute ma’muriy binosining barcha oynalari Yaponiyadan keltiriladigan zamonaviy energiya samarador oynalariga almashtiriladi. Ushbu pilot loyihasining umumiy qiymati uchu yuz o’ttiz ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Loyiha bo’yicha ishlar joriy yilning noyabr oyida boshlanib, tahminan bir yil davom etadi.    

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: