Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

O‘zbekistonda ISES bo‘linmasi tashkil etiladi

Новости
18.11.2025

O‘zR FA Fizika-texnika institutining “Yarimo‘tkazgichlar asbobsozligi” va “Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari” laboratoriyalari tomonidan Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida institut olimlari Braziliyaning Fortaleza shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Quyosh energiyasi kongressi (SWC–2025) da ishtirok etishdi. Kongress doirasida muhim natijaga erishildi — Xalqaro Quyosh energiyasi uyushmasi (ISES) ning Fizika-texnika institutida O‘zbekiston bo‘linmasini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Ushbu hamkorlik: yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirish; kadrlar tayyorlash va malaka oshirish; ilg‘or quyosh texnologiyalarini O‘zbekistonga transfer qilish kabi yo‘nalishlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu nufuzli Xalqaro tashkilot bilan hamkorlik kelajakda O‘zbekistonda soha rivojiga, jumladan yirik ilmiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash hamda yangi texnologiyalar transferini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


1.jpg


2.jpg

3.jpg

4.jpg

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: