Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

ILM-TA’LIM SOHASIDA HALQARO SHARTNOMA IMZOLANDI

Новости
22.11.2025
Boshqirdiston Respublikasining Bosh vaziri o’rinbosari, savdo va xizmatlar vaziri, Boshqirdiston Respublikasi Evroosiyo Ilm-Ta’lim Markazi direktori hamda Boshqirdiston rivojlanish korporatsiyasi vakillari tarkibidagi rasmiy delegatsiya savdo-iqtisodiy, sanoat, ilm-ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish maqsadida O’zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu rasmiy tashrif doirasida O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida O’zbekiston Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti (O’zR FA FTI) hamda Boshqirdiston Respublikasi Evroosiyo Ilm-Ta’lim Markazi o’rtasida ilm-ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnoma S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti direktori Xusniddin Olimov hamda Evroosiyo Ilm-Ta’lim Markazi direktori Nataliya Latypova tomonidan imzolandi. Hamkorlik shartnomasi doirasida Fizika-texnika institutida Evroosiyo Ilm-Ta’lim Markazi vakolatxonasini tashkil etish, ilmiy-amaliy loyihalarni boshqarish, fan boshqaruvi sohalarida hamkorlikda o’zaro manfaatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, O’zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari hamda Boshqirdiston Respublikasi Evroosiyo Ilm-Ta’lim Markazi olimlari uchun fotonika, yarimo’tkazgichlar fizikasi, atom energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, yadro fizikasi sohalarida ikkala tomon etakchi olimlarining beg’araz lektsiya hamda master-klasslarni tashkillashtirish ko’zda tutilgan. Shartnoma doirasida shuningdek hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, ilmiy anjumanlarni o’tkazish, hamkorlikdagi tadqiqotlar uchun olim va doktorantlarni ikkala tomonga yuborish, o’zaro manfaatli tajriba hamda ilmiy-texnikaviy axborot almashuvini tashkil qilish rejalashtirilgan.

1.jpg

2.jpg

3.jpg

4.jpg

5.jpg

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: