O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining “Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari” hamda “Yarimo‘tkazgichlar asbobsozligi” laboratoriyalari tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida Institut doktoranti T.Jurayev Ispaniya davlatiga ilmiy xizmat safarini amalga oshirdi. Ushbu safar davomida T.Jurayev Universitat Jaume I, Mashinasozlik va qurilish kafedrasida hamda Universitat de Barcelonaning Materialshunoslik va fizik-kimyo kafedralarida zamonaviy gibrid nanosuyuqliklar, ularning issiqlik-fizikaviy xususiyatlari, energiyani saqlash materiallari, smart energiya yechimlari va yangi avlod nanomateriallariga oid ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Safar davomida Universitat Jaume I va O‘zR FA Fizika-texnika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi hamda MoSeST (Modern Semiconductor and Solar Technologies Design Center) markazi uchun uch tomonlama qo‘shma ilmiy hamkorlik imkoniyatlari kengaytirildi.

Telefon: +99871 235 93 61
Faks: +99871 235 42 91
E-mail: ftikans@uzsci.net
Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy