Fuqarolar murojaati
O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

"FIZIKA-QUYOSH" ILMIY-ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI

FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

 

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

QUYOSHIY ENERGETIKA: ustuvor tadqiqotlar va rivojlanish istiqbollari

20-21 dekabr 2019 yil

 

2019 yilning 20-21 dekabr kunlari O‘zR FA "Fizika-Quyosh" IIChB Fizika-texnika institutida "Quyoshiy energetika: ustuvor tadqiqotlar va rivojlanish istiqbollari" Birinchi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f sonli qaroriga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi 18-47-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi va yangi -ekologik xavfsiz, resurstejamkor, innovatsion, aqlli, universal energiya ta’minoti energetik tizimini rivojlantirishning global jarayonida Quyoshiy energetikaning o‘rnini va rolini asoslash; quyosh energiyasidan foydalanadigan energetikaning ilmiy va texnologik rivojlanish holati va istiqbollarini muhokama qilish; yangi ish o‘rinlarini yaratish va kadrlar tayyorlash vazifalarini, usullarini, tajribasi va istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.

Ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilish joyi:

O‘zR FA "Fizika-Quyosh" IIChB Fizika-texnika instituti

Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 2B.

Tel: (+998) 71 233 12 71

Fax: (+998) 71 235 42 91

Web: www.fti.uz

 

Anjuman ikki ko‘rinishda o‘tkaziladi: prezentatsiya va stend taqdimoti.

Anjuman davomida "Eng yaxshi ishlanma", "Eng yaxshi taqdimot" va "Eng yaxshi stend taqdimoti " nominatsiyalarida tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan. G‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Jami mukofot jamg‘armasi 10 mln. so‘m.

 

Ilmiy-amaliy anjuman mavzularining asosiy yo‘nalishlari:

1.Quyoshiy energetikani rivojlantirishning global va milliy tendensiyalari:

- iqlim va ekologik muammolarini hal qilishda quyoshiy energetikaning o‘rni;

- quyoshiy energetika siyosati, strategiyasi, boshqaruvi va marketingi;

- quyoshiy energetika sohasiga investitsiyalar, va boshq.

2. Quyoshiy energetika sohasi ta’limi va jamoatchilik xabardorligi masalalari:

- jamoatchilik ogohligi mexanizmlari;

- O‘zbekistonda quyoshiy energetika sohasidagi ta’limning texnik-uslubiy asoslari;

- fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga innovatsion yondashuvlar; va boshq.

3. Quyoshiy energiyadan foydalanishning ilmiy va amaliy masalalari:

- quyosh energiyasidan mini / mikro tarmoqda foydalanish;

- qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini yaxshilashda quyoshiy energiyadan foydalanish;

- quyoshiy materialshunoslik: yarim o‘tkazgichlar va nano-materiallar va boshqalar.

4. Quyoshiy energiyadan foydalanish bilan bog‘liq boshqa sohalar:

- zaxiralar va meteorologiya;

- "uglerodsiz" shaharlarni rivojlanish konsepsiyalari;

- Quyoshiy energetikada AK texnologiyalarni qo‘llash; va boshq.

 

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun so‘nggi 3 yil mobaynida va anjuman mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarning natijalari qabul qilinadi.

Ekspert xulosalari bilan ilmiy ishlarni elektron pochta manzillariga yuborish mumkin: se@fti.uz; conf@fti.uz.

Ilmiy maqolalar topshirishning oxirgi muddati - 2019 yil 10-Oktyabr.

Ilmiy-amaliy anjuman materiallari elektron shaklda (CD va www.fti.uz) nashr etiladi, shuningdek, tanlangan maqolalar “Geliotexnika” xalqaro jurnalining 2019 yil 5- va 6- sonlarida chop qilinadi.

 

Ilmiy-amaliy anjumanga qatnashish badali 200 000 so‘m.

To‘lov uchun ma’lumotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti

T/r 4001 1086 0262 6679 5010 0043 005,

INN 200851559 (FTI) OPERU O‘zb. Resp.Moliya vazirligi g‘aznachiligi,

Bank: MB Toshkent sh. XKKM

H/r 2340 2000 3001 0000 1010,

INN 201 122 919 (MF),

MFO 00014,

OKONX 95110.

 

Chet ellik ishtirokchilar uchun anjumanda ishtirok etish bepul, ammo yo‘l va turar joy xarajatlari ishtirokchilar tomonidan to‘lanadi.

 

Anjuman materiallariga qo‘yiladigan talablar:

Anjumanning tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etilgan materiallar “Geliotexnika” xalqaro jurnali veb-sahifada tavsiflangan "Maqolani tayyorlash qoidalari"ga muvofiq bo‘lishi kerak:

http://geliotekhnika.uz/laravel-filemanager/files/shares/Rukovodstvo_dlya_Avtorov_jurnala_.pdf

quyidagi istisnolardan tashqari:

Ilmiy maqolaning hajmi (mantiqiy yakunlangan ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etishning batafsil ko‘rinishi) kamida 5 sahifadan iborat, 5-6 rasm ( a, b rasmlar ikkita deb hisoblanadi), kamida 12 ta iqtiboslik ko‘rsatilgan, mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maqolaning oxirida berilishi kerak. Agar maqolada davlat yoki boshqa loyiha bo‘yicha olingan natijalar tasvirlangan bo‘lsa, loyihaning raqami va nomi ko‘rsatilsin,

Maqolalar formati . doc va .docx.

Barcha materiallar ANTIPLAGIAT tizimida tekshiriladi.

Talablarga javob bermagan va ekspertizadan o‘tmagan maqolalar ilmiy-amaliy anjuman materiallariga qo‘shilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

 

DASTURIY QO‘MITA:

1. Rais: Avezova N.R., t.f.d, O‘zR FA FTI, O‘zbekiston

2. Rais o‘rinbosari: Matchanov N.A., f.-m.f.n., “XQEI” MChJ, O‘zbekiston

3. Rais o‘rinbosari: Komilov A.G., t.f.n.,O‘zR FA FTI, O‘zbekiston

Qo‘mita a’zolari:

4. Muminov R.A., O‘zR FA akademigi, O‘zR FA FTI, O‘zbekiston

5. Zaxidov R.A., O‘zR FA akademigi, “O‘zbekenergo” AJ “ITM”, O‘zbekiston

6. Allayev K.R., O‘zR FA akademigi, TDTU, O‘zbekiston

7. Aliyarov B.K., akademik, t.f.d., Olma-ota EvaAU, Qozog‘iston

8. Avezov P.P., t.f.d., prof., O‘zR FA FTI, O‘zbekiston

9. Abduraxmanov A.A., t.f.d., prof., O‘zR FA MI, O‘zbekiston

10. Abbasov Ye.S., t.f.d. prof., FarPI, O‘zbekiston

11. Berzan V.P., t.f.d., MFA EI, Moldaviya

12. Butuzov V.A., t.f.d., prof., “Energotexnologiyalar-Servis” MChJ, Rossiya

13. Vasilevich S.V., t.f.n., Belarus MFA EI, Belorussiya

14. Zaxidov A.A., f.-m.f.d., Texas Universiteti, AQSh

15. Kenisarin M.M., t.f.n., Nortumbriya Universiteti, Buyuk Britaniya

16. Kiseleva S.V., f.-m.f.n., MDU, Rossiya

17. Koyshiyev T.K., t.f.d., prof., QTvaKA, Qozog‘iston

18. Kudrya S.A., t.f.d., prof., Ukraina MFA QTEI, Ukraina

19. Madvaliyev U., f.-m.f.d., TQTEA, Tojikiston

20. Muxammadiyev M.M., t.f.d., prof., TGTU, Uzbekistan

21. Obozov A. Dj., t.f.d., prof., «EvaI» ITI, Qirg‘iziston

22. Pendjiyev A.M., q-x.f.d., prof., TDAQI, Turkmaniston

23. Popel O.S., t.f.d., prof., RFA YuTBI, Rossiya

24. Rzayev P.F., t.f.d., prof., Ozarbayjon MFA RMI, Ozarbayjon

25. Uzakov G.N., t.f.d., prof., QMII, O‘zbekiston

26. Frid S.Ye., t.f.n., RFA YuTBI, Rossiya

27. Napoleon Enteria, Prof., Ilig. Instit. of Technol. of the Min. State Uni, Philippines

28. John Boland, Prof., University of South Australia, Australia

29. Tangellapalli Srinivas, Dr. Sci., National Institute of Technology Jalandhar, India

30. Pooran Koli, Dr. Sci., Jai Narain Vyas University, India

31. Mezrhab Ahmed, Prof. University Mohammed 1, Morocco

32. Ibrahim Sayed Yahia, Dr. Sci., Ain Shams University, Egypt

33. Zhifeng Wang, Prof., Institute of Electrical and Electronics Engineyers, China

34. Jianhui Hu, Dr. Sci., The University of Tokyo, Japan

 

TASHKILIY QO‘MITA:

1. Rais: Avezova N.R., t.f.d., O‘zR FA FTI

2. Rais o‘rinbosari: Axatov J.S., t.f.n.,O‘zR FA FTI,

Qo‘mita a’zolari:

3. Komilov A.G., t.f.n., O‘zR FA FTI

4. Abdulxayev O.A., f-m.f.n., O‘zR FA FTI

5. Samiyev K.A., t.f.n., O‘zR FA FTI

6. Axadov J.Z., t.f.n., OOO “MISE”

7. Rashidov Yu.K., t.f.n., TAQI

8. Jurayev T.D., t.f.n., prof., BFTIIM

9. Niyozov Sh. t.f.n. dots. GulDU

10. Urishev B., t.f.d., dots., QMII

11. Xaitmuxamedov A.E., mas’ul kotib, O‘zR FA FTI

12. Voxidov A.U., tex. kotib, O‘zR FA FTI

13. Jurayev E.T., tex. kotib, O‘zR FA FTI

14. Xegay O.A., tex. kotib, O‘zR FA FTI


 

 



Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: