O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
“Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumining ilmiy uslubiy rahbarligi ostida amalga oshiradi.
2. Institut fizika va texnikaning - kondensatlangan holat fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi va qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari kabi sohalari bo‘yicha yetakchi markazlardan biri hisoblanadi va o‘z ilmiy maktabi bilan dunyoda ma’lum.
3. Institut o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va Farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Ustavi va ushbu Ustav asosida olib boradi.
4. Institut O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga hisobot beradi.
5. Institut Ustavi “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Ilmiy kengashi tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori asosida tasdiqlanadi.
6. Institut Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Ilmiy kengashi qarori bilan kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori asosida tasdiqlanadi.
7. Institut faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb etilgan byudjetdan tashqari mablag‘lar asosida moliyalashtiriladi.
8. Institut yuridik shahs bo‘lib, alohida o‘z mulkiga, mustaqil balansiga, banklarda o‘z valyuta, hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligida shaxsiy raqamlariga, o‘z nomidagi gerbli va dumaloq muhrlarga, shtamp, emblema va o‘z ish faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa belgi va atributlarga ega.
9. Institut o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarga ega bo‘lishi, mas’ul bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
10. Institut manzili (pochta manzili)–Toshkent shahri,100084, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 2-B.
11. Institutning to‘liq rasmiy nomlanishi:
Davlat tilida:
- “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.A.Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining S.V.Starodubsev nomidagi Fizika-texnika instituti (qisqacha «O‘zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB FTI»)”;
- “Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси С.А.Азимов номидаги “Физика-Қуёш” Илмий ишлаб чиқариш бирлашмасининг С.В.Стародубцев номидаги Физика-техника институти (қисқача «ЎзР ФА “Физика-Қуёш” ИИЧБ ФТИ”)”;
Rus tilida:
- “Физико-технический институт им.С.В.Стародубцева Научно-производственного объединения “Физика-Солнце” им.С.А.Азимова Академии наук Республики Узбекистан (қисқача «ФТИ НПО “Физика-Солнце” АН РУз»)”;
Ingliz tilida:
- “Physical –Technical Institute named after S.V.Starodubtsev, Scientific Production Association «Physics-Sun» named after S.A.Azimov, Uzbek Academy of Sciences (қисқача “PTI of «Physics-Sun» Uz AS.”)”.
II. Institutning maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari
12. Institutning ish faoliyati Respublikada ilmiy-texnik rivojlanishning ustivor yo‘nalishlari, fundamental, ilmiy-texnik, innovatsion dasturlar ro‘yxati va loyihalarga bo‘lgan talablar asosida belgilanadi. Institut fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari ustida ish olib boradi, ularni iqtisodiyotning turli sohalariga tatbiq qiladi, tashkiliy, tarkibiy va moliyaviy masalalarni hal qiladi. Institut faoliyati grant tizimi asosidagi byudjet mablag‘lar va o‘rnatilgan tartibda jalb qilingan byudjet va nobyudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
13. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- fundamental tadqiqotlar sohasida ilmiy ustivor yo‘nalishlarni aniqlashda ishtirok etish, ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi imkoniyatlarini ochish;
- quyudagi faoliyatning tasdiqlangan asosiy yo‘nalishlariga muvofiq fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish: a) yuqori va o‘ta yuqori energiyali zarralar va yadrolarning nuklon va yadrolar bilan ta‘sirlashuvining fundamental xossalari va qonuniyatlarini o‘rganish; b) quyosh energiyasidan bevosita foydalanish, uni issiqlik energiyasiga aylantirish va termodinamik o‘zgartirgichlar yordamida elektr energiyasi hosil qilishning fizik asoslarini tadqiq qilish, yuqori samarali quyosh energetik qurilmalarini yaratish; c) yarim o‘tkazgichlar va qattiq jismlar fizikasi sohasida nazariy va tajribaviy tadqiqotlar olib borish, yarim o‘tkazgichli materiallarning xususiyatlari va ularda sodir bo‘layotgan fizik jarayonlarni o‘rganish; kondensirlangan muhitlarda nochiziqli uyg‘onishlar dinamikasini tadqiq qilish, turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan yuqori samarali yarim o‘tkazgichli strukturalarni yaratish; d) yuqori samarali birlamchi yarim o‘tkazgichli datchiklar, qayta o‘zgartirgichlar, asbob qurulmalarning tajriba nusxasini yaratish, tayorlash va ishlab chiqarishga uzatish;
- tadqiqotlar asosida ilmiy-texnik rivojlanishlarning yangi imkoniyatlarini ochish va
jamiyatning ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyotiga imkon yaratuvchi natijalar olish;
- ilmiy tadqiqotlar natijasini O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining turli sohalarida, madaniy va ijtimoiy qurilishda foydalanish va bu natijalarni amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish;
- jahon fani yutuqlarini to‘liq o‘rganish, umumlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llash uchun keng imkoniyatlar yaratish;
- fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin va uzoq kelajakka mo‘ljallangan ma’lumotlar tuzish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sotsial –rivojlanishining muhum masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tuzish uchun takliflar berish;
- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini takomillashtirishning shakllarini mukammalashtirib borish;
- yirik ilmiy–texnik, ijtimoiy–iqtisodiy va ishlab chiqarish loyihalarini ekspertiza qilishda ishtirok etish;
- institut, amaldagi qonunchilik asosida tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradi va milliy hamda chet el valyutalarida bank hisob raqamlari ochishi mumkun.
14. Institut o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar asosida:
- tanlov loyihalari asosida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar va ishlar olib boradi, shuningdek xo‘jalik shartnomalari, grantlari va chet el grantlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi;
- mamlakat uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan fanning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha qidiruv ishlari olib boradi;
- innovatsion dasturlar yaratishda ishtirok etadi, innovatsion mahsulotlar yaratishni tashkil etadi;
- vazirliklar, boshqarmalar, kompaniyalar, korxona va tashkilotlar bilan olingan natijalarning mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida foydalanish, ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqotlar natijalarini qo ‘llash choralarini ko‘radi;
- institut tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik markazlar, akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari (birinchi navbatda magistratura bo‘limlari), vazirliklar, davlat qo‘mitalari, muassasalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ilmiy va ilmiy-texnik jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, firmalar, birlashmalar, korxona va tashkilotlar bilan o‘zaro foydali ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi;
- respublika va chet el mamlakatlari uchun ilmiy kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi (shuningdek kontrakt asosida);
- Institut xodimlari, respublika va chet el olimlari va mutahassislari ishtirokida seminar va simpoziumlar, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik muammolarga bag‘ishlangan konferensiyalar va kengashlar tashkil qiladi va o‘tkazadi;
- Institutdagi ixtisosliklar bo‘yicha syezd, konferensiya, simpozium, seminarlar ishida ishtirok etadi;
- jamiyatda ilm-fan bilimlarini keng targ‘ib qiladi;
- amalga oshirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yuqori va boshqa davlat tashkilotlariga ilmiy-texnik axborot va hisobotlar tayyorlaydi va topshiradi;
- ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida materiallar tayyorlaydi va nashr etish uchun yuboradi;
- ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va dasturiy mahsulotlar bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amalga oshirishni ta‘minlaydi;
- institutning ilmiy texnik va avtorlik huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha barcha ishlarni amalga oshiradi;
- chet el ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari bilan aloqalar o‘rnatadi, rivojlantiradi va mustahkamlaydi ular bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi;
- mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzadi, shuningdek, ish haqining miqdorini va haq to‘lash shartlarini belgilaydi;
- mehnat, mehnat intizomi, texnika xavfsizligi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi haqidagi qonunlarning bajarilishini ta ‘minlaydi, mehnatni tashkil etishni doimo takomillashtirib boradi.
III. Institutning tashkiliy tarkibi
15. Institutning tashkiliy tarkibi fundamental, amaliy, innovatsion, qidiruv tadqiqotlari yo‘nalishlariga, navbatdagi vazifalarga mos ravishda shakllantiriladi, Ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi, zarur hollarda Fanlar Akademiyasi Prezidiumi bilan kelishiladi.
Institutning tarkibiy qismiga ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib boruvchi laboratoriyalar, ilmiy-texnik bo‘limlar, markazlar, sektorlar, ilmiy loyihalarni amalga oshiruvchi guruhlar, tajriba-konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish uchastkalari, hamda “Geliopoligon” noyob obyekti va “Fotobatareyalar sexi” kiradi.
16. Institut strukturasi uzluksiz ravishda rivojlanib va takomillashib boradi.
17. Laboratoriyani fan doktori yoki nomzodi unvoniga ega bo‘lgan mudir boshqaradi. Laboratoriya umumiy yo‘nalish bo‘yicha birlashgan bir nechta ilmiy-tadqiqot guruhidan (loyihadan) tashkil topishi mumkin.
18. Laboratoriya tarkibiga bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar, doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar va loyihaning amalga oshirilishida ishtirok etuvchi muhandis-texnik va ilmiy-ko‘makchi xodimlar kiradi.
19. Loyihaning ilmiy rahbari fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihaga rahbarlikni amalga oshiradi va uning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
20. Institutda dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan kengashlar, doktoranturalar faoliyat yuritadi.
21. Maqsadli dasturlar va loyihalarni, shuningdek alohida topshiriq va buyurtmalarni bajarish uchun institutda akademiya miqyosida va tashkilotlararo miqyosda alohida yoki mavjud strukturalar tarkibida markazlar, vaqtinchalik jamoalar tuzilishi mumkin.
22. Institut qoshida Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq ish yuritadigan Institut faoliyati yo‘nalishlariga mos holda ilmiy va muammolar kengashlari tuzilishi mumkin. Muammolar kengashi ushbu ilmiy muammolar bilan shug‘ullanayotgan yetakchi olim va mutaxassislardan tuziladi va fanning ushbu sohasida ilmiy-maslahatchi organ bo‘lib hisoblanadi.
23. Fanlar Akademiyasi Prezidiumi qarori bilan, Institutga Akademiyaning ilmiy muammolar kengashini tashkiliy-texnik tomondan ta‘minlash va xizmat xonasi ajratib berish vazifalari yuklatilishi mumkin.
24. Institut tarkibida yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi bo‘linmalar bilan birga ilmiy-yordamchi, texnik, ma’muriy-xo‘jalik va boshqa bo‘linmalar va xizmatlar faoliyat ko‘rsatadi.
25. Ishlanmalarning iqtisodiyot sohalariga tadbiq qilinishini tezlashtirish maqsadida institut qoshida, belgilangan tartibda tajriba va ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil qilinishi mumkin.
26. Institut shtat jadvaliga direktor tomonidan lavozim yo‘riqnomalari belgilangan bosh muxandis, bosh energetik, tajribaviy ishlab chiqarish va tajribaviy uchastka boshliqlari lavozimlari kiritilishi mumkin.
27. Institut qoshida turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida ish ko‘ruvchi kichik va qo‘shma korxonalar, firmalar, aksionerlik jamiyatlari va institutdagi yo‘nalishlarga mos faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa xo‘jalik hisobidagi korxonalar tuzilishi mumkin.
28. Institutning tarkibiy bo‘linmalari (shuningdek vaqtincha bo‘linmalar) ushbu Ustav va va direktor tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida shakllanadi va o‘z faoliyatini yuritadi.
IV. Institutni boshqarish
Institut direktori
29. Institut direktori Fanlar akademiyasining tegishli fan yo‘nalishi bo‘yucha vitse-prezidentining tavsiyasiga binoan, O‘zR FA prezidenti tomonidan kontrakt asosida 5 yil muddatga etakchi olimlar, asosan fan doktorlaridan tayinlanadi (xuddi shu tartibda lavozimidan bo‘shatiladi).
30. Institut direktori davlat hokimiyati va boshqarishning hamma respublika va mahalliy organlarida, kompaniyalarda, assotsiasiyalarda, korxonalarda, tashkilotlar va muassasalarda, jamoat birlashmalarida va shuningdek chet ellarda institut manfaatlarini himoya qiladi.
31. Institut direktori:
- Institut faoliyatini boshqaradi va Institutga yuklangan barcha vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ushbu Ustavga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi, Institut xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning huquqlarini belgilaydi;
- joriy yil uchun va kelajakda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarning rejasini ishlab chiqish, shakllantirish ishlarini tashkil qiladi;
- Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlari asosida laboratoriyalarning, boshqa tarkibiy tuzilmalarning va tadqiqot guruhlarining ilmiy-tadqiqot rejalarini tasdiqlaydi;
- yuqori tashkilotlarda institutda o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni mablag‘lashtirish va moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha masalalar muhokama qilinayotganida ishtirok etadi;
- Fanlar Akademiyasining rahbar organlarida, yuridik va jismoniy shaxslar va tashkilotlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlarda institut manfaatlarini himoya qiladi;
- ilmiy-tadqiqot, tajribaviy va sinash-konstruktorlik ishlari mavzularini tanlovga tayyorlash, ularni amalga oshirish, ilmiy kadrlar yetishtirish bo‘yicha prognozlar tayyorlash, ajratilgan mablag‘lar doirasida ilmiy-tadqiqot mavzularini mablag‘lashtirish va moddiy-texnik ta‘minotini ta‘minlash, ilmiy ishlarni chop etish va institutning boshqa ishlariga rahbarlik qiladi, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
- Institut Ilmiy kengashi faoliyatini boshqaradi;
- Institutning xalqaro ilmiy aloqalarga oid ishlariga rahbarlik qiladi, chet ellardagi ilmiy muassasalar va olimlar bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik dasturlarining bajarilishini belgilangan tartibda tekshirib boradi;
- Institutning Respublikadagi boshqa tashkilotlar bilan birga olib boradigan ilmiy-texnik faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
- ilmiy tadqiqot ishlari va boshqa topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan joriy tekshiruv uyushtiradi, ilmiy tadqiqot bo‘limlarining, shu jumladan alohida olingan xodimlarning ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotini eshitadi;
- belgilangan tartibda institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to‘g‘risida yuqori tashkilot va boshqarmalarga hisobot taqdim etadi va ma’ruzalar qiladi;
- har yili Ilmiy kengashga institutning ilmiy, tashkiliy va xo‘jalik faoliyati natijalari haqida hisobot taqdim etadi;
- oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bilan o‘zaro faoliyat hamda talaba va o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti haqida shartnomalar tuzadi;
- ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlariga tanlov o‘tkazish huquqiga ega va Ilmiy kengashning tanlovlar natijalari bo‘yicha qarorlarini tasdiqlaydi;
- Institutning ilmiy risolalarini va xodimlarning ilmiy ishlarini nashrga tavsiya etadi, rejadan tashqari ishlarni titul varag‘ida institut nomi ko‘rsatilgan holda nashr etishga ruxsat beradi;
- tanlovda ishtirok etishi uchun loyihalarni o‘rnatilgan tartibda tavsiya etadi;
- o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ishonch qog‘ozisiz, o‘rnatilgan tartibda Institut mablag‘larini boshqaradi;
- Institut nomidan shartnoma va kelishuvlar imzolaydi, va shunday shartnomalar tuzishga ishonch qog‘ozlari beradi;
- xodimlarning shtat jadvalini tasdiqlaydi, ilmiy tashkilotlar uchun o‘rnatilgan lavozim maoshlari bo‘yicha, va bo‘lim hamda loyiha rahbarlarining raportlari asosida ishlovchilarga mehnatga haq to ‘lash miqdorini belgilaydi;
- moddiy rag‘batlantirish va ishchilarni mukofotlashning tizimi va shaklini belgilaydi, lavozim okladlariga ustama va qo‘shimcha to‘lovlar o‘rnatadi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish haqida qarorlar qabul qiladi;
- Institutning ilmiy va boshqa xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimga o‘tkazadi, va ularni ishdan bo‘shatadi;
- institut kreditlarining bosh taqsimlovchisi bo‘lib hisoblanadi va ularning to‘g‘ri ishlatilishiga amaldagi qonunchilik asosida shaxsan javob beradi;
- institut ixtiyoridagi mablag‘ va ish haqi fondi doirasida smeta moddalari bo‘yicha xarajatlarini tasdiqlaydi;
- ish haqi fondi doirasida institutning tarkibini va shtatlarini, shuningdek uning tarkibiga kiruvchi tegishli bo‘limlarni tasdiqlaydi;
- institutda ishlab chiqilgan Nizomda belgilangan tartib va miqdorda xodimlarga ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat byudjetida turgan korxona va tashkilotlardagi buxgalterlik hisobi instruksiyasiga, amaldagi davlat byudjeti kirim va chiqimlar klassifikatsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq buxgalterlik hisobini tashkil etadi;
- pullar, tovar-mahsulot va boshqa qimmatli narsalarni qabul qilish va topshirish uchun, institutning kredit va hisob kitob majburiyatlarida hamda buxgalterlik hisoboti va balansida asos bo‘lib xizmat qiladigan imzo qo‘yish huquqini tegishli buyruq bilan tasdiqlaydi;
- o‘rnatilgan tartibda rahbar, ilmiy, muhandis-texnik xodimlar va mutaxassislar bilan shartnomalar tuzadi;
- doktorantura, tayanch-doktorantura va mustaqil-izlanuvchilar institutiga qabul bo‘yicha tanlov natijalarini, va doktorant hamda mustaqil-izlanuvchilarning muntazam attestatsiyasi natijalarini tasdiqlaydi;
- institut xodimlarini rag‘batlantiradi va o‘rnatilgan tartibda intizom jazosini qo‘llaydi;
- sud organlarida, hakamlik sudida, bank va boshqa muassasalarda Institut nomidan qatnashadi, shuningdek ayrim shaxslarga ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik masalalarini hal qilishni topshiradi;
- o‘rnatilgan tartibda o‘z mavqei doirasida institut bo‘yicha buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
- institutning asosiy fondi va boshqa mulklarining saqlanishini ta’minlaydi;
- amaldagi qonunchilik va O‘zR Fanlar akademiyasining Ustavi asosida berilgan barcha huquqlardan alohida ishonch qog‘ozisiz foydalanadi;
- amaldagi qonunchilik asosida Institut faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi va hal qiladi;
- o‘zining ba’zi funksiyalarini direktor o‘rinbosarlariga yuklash huquqiga ega.
Institut direktorining muovinlari
32. Institut direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini direktor tomonidan O‘zR Fanlar akademiyasining tegishli fan yo‘nalishi bo‘yucha vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda kontrakt asosida (fan doktori yoki fan nomzodlaridan) tayinlanadi.
33. Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini o‘z faoliyatini laboratoriya mudirlari va loyiha rahbarlari bilan uzviy bog‘langan holda olib boradi va doktorantura, tayanch-doktorantura hamda mustaqil-izlanuvchilar instituti faoliyatlarini boshqaradi.
34. Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini vazifalarning belgilangan taqsimotiga ko‘ra ilmiy va ilmiy-yordamchi bo‘limlarning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati uchun mas’uldir.
35. Institut direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini direktor yo‘q vaqtlarida uning vazifasini bajaradi.
36. Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovinining huquqlari va vazifalari institutning Ustaviga muvofiq direktor tomonidan belgilanadi va lavozim yo‘riqnomasida reglamentlanadi.
37. Direktorning umumiy masalalar va marketing bo‘yicha muovini Institut direktori tomonidan tayinlanadi. Uning lavozim bo‘yicha majburiyatlari ushbu Ustav va lavozim yo‘riqnomasi orqali aniqlanadi.
38. Xalqaro aloqalarning kengayib borishi munosabati bilan, Fanlar akademiyasining tegishli fan yo ‘nalishi bo‘yicha vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda huquq va majburiyatlari institut Ustavi asosida direktor tomonidan belgilangan, direktorning xalqaro aloqalar bo‘yicha muovini lavozimi kiritilishi mumkin.
39. Direktorning muovinlari bir nechta bo‘lganda ular o‘rtasidagi vazifalar taqsimoti direktor tomonidan maxsus buyruq chiqarish orqali belgilanadi.
Ilmiy kengash
40. Ilmiy kengash kollegial organ bo‘lib, Institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini hal qilish uchun tashkil etiladi. Uning tarkibiga direktor, direktorning muovinlari, ilmiy kotib, Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zolari (akademiklar), birlashma bo‘linmalarining rahbarlari va boshqa yetakchi olimlari, zarur bo‘lganda yordamchi bo‘linmalarning bosh mutaxassislari hamda kasaba uyushmasi tashkilotining vakili kiradi;
41. Ilmiy kengash tarkibiga boshqa tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.
42. Ilmiy kengashning nomma-nom tarkibi direktorning tavsiyasi bilan besh yil muddatgacha (direktor vakolatining muddati doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadi.
43. Institutning direktori lavozimi bo‘yicha Ilmiy kengashning raisidir, u yo‘q vaqtda direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha muovini rais bo‘ladi; institut ilmiy kotibi Ilmiy kengashning ilmiy kotibidir.
44. Ilmiy kengash:
- tanlovlar mavzulari va mavzuiy rejalari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy tadqiqot, tajribaviy, sinash-konstruktorlik ishlari loyihalarini, ilmiy kadrlar tayyorlash prognozlarini, konferensiyalar, kengashlar o ‘tkazish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- institutning hamma asosiy bo‘linmalari va butun institutning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatining eng muhim natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- institutning tarkibiy qismlaridagi o‘zgarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi;
- muhim ilmiy muammolarni belgilaydi, ilmiy ma’ruzalarni tinglaydi, institutning o‘ta muhim ilmiy ishlari natijalariga baho beradi;
- institut xodimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlarni nashrga tayyorlash va chop etish rejalarini ko ‘rib chiqadi va nashrga tavsiya qiladi;
- respublikaning boshqa ilmiy muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish rejalarining bajarilishini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi;
- ilmiy kadrlar tayyorlash rejalarini, doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini, doktorant va mustaqil-izlanuvchilar hamda tadqiqotchilarning ish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
- ilmiy tadqiqot bo‘limlari mudirlari va tanlov loyihalari, tadqiqot guruhlari rahbarlarining shuningdek, ayrim ilmiy xodimlarning hisobotini eshitadi;
- ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;
- dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlarni shakllantiradi va tasdiqlashga tavsiya qiladi va dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ularning hisobotini eshitadi;
- buyuk ilmiy asarlar, ilmiy yangiliklar va ixtirolarni Davlat mukofotiga, shuningdek buyuk olimlar nomidagi medal va mukofotlarga tavsiya etadi;
- institut xodimlarini faxriy nishonlarga va boshqa mukofotlarga tavsiya etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga, sohalar bo‘yicha va boshqa Fanlar Akademiyalariga haqiqiy a’zolikka (akademiklikka) saylash uchun nomzodlar ko‘rsatadi;
- Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar bilan chiqadi;
- Ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallashi uchun tanlovlar o‘tkazadi.
45. Ilmiy kengash, agar majlisda ro‘yhatdagi tarkibning uchdan ikki qismi ishtirok etsa, qaror qabul qilish huquqiga ega. Ilmiy kengashning qarori ishtirok etuvchilarning 50 va undan yuqori foyizi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masala mohiyati yashirin ovoz berishni talab qilmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilinadi;
46. Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorlari Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida qabul qilinadi, ilmiy laboratoriyalar (bo‘limlar) mudirlarining va ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun tanlov masalalari bo‘yicha qarorlar amaldagi Ustav asosida qabul qilinadi.
47. Ilmiy kengash qarorlari Institut direktori tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
Ilmiy kotib
48. Ilmiy kotib (fan doktori yoki nomzodi) institut direktori tomonidan kontrakt asosida Fanlar akademiyasining tegishli fan yo‘nalishi bo‘yucha vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
49. Ilmiy kotib direktorning ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlar bo‘yicha yordamchisi hisoblanadi.
50. Ilmiy kotibning vazifalari:
- yuqori rahbar tashkilotlarning topshiriqlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
- institut bo‘linmalarining takliflari asosida tanlovlar uchun ilmiy-tadqiqot va tajribaviy ishlarini tayyorlashda, kengash va konferensiyalar uyushtirishda, ilmiy ishlarni nashr qilishda ishtirok etadi;
- institutning ilmiy-tashkiliy faoliyati bo‘yicha yig‘ma hisobot tuzadi;
- institut Ilmiy kengashini zarur hujjatlar bilan ta‘minlaydi, shuningdek institut qoshida tuzilgan ilmiy kengashlarga, konferensiya, simpozium va kengashlar tashkiliy qo‘mitalariga yordam beradi;
- doktorantura ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
- institutning xizmat bo‘yicha yozishmalarini o‘z vaqtida va sifatli bo‘lishini nazorat qiladi;
51. Institutning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshirish vazifasi yuklangan ilmiy kotib:
xalqaro ilmiy hamkorlik ishlariga rahbarlik bo‘yicha direktor yordamchisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining chet ellar bilan xalqaro ilmiy hamkorligi dasturlari bo‘yicha takliflar va birlashma olimlarining chet ellarga xizmat safari uchun kerakli hujjatlar tayyorlanishini ta‘minlaydi;
belgilangan tartibda chet el olimlarining institutda qabul qilinishini tashkil etadi va ularning tashrif buyurish rejalarini bajarilishini ta‘minlaydi;
xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha hisobot tayyorlaydi;
52. Ilmiy kotibning huquqlari va vazifalari institut Ustaviga va lavozimlar yo‘riqnomasiga asosan direktor tomonidan belgilanadi.
Bosh hisobchi
53. Institutning bosh hisobchisi Fanlar Akademiyasining bosh moliya-iqtisodiy bo‘limi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tayinlanadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan yuritadi. Bosh hisobchining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida aniqlanadi.
Ilmiy laboratoriya
54. Laboratoriya institutning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, ustivor ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini, kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi. Laboratoriyani qoida bo‘yicha, fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan, shu lavozimga bеlgilangan tartibda saylangan mudir boshqaradi.
55. Laboratoriya tarkibiga bosh, еtakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar, doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar, muxandislar va tanlov loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tеxnik va yordamchi xodimlar kiradi. Laboratoriya tadqiqotlarining umumiy yo‘nalishida birlashgan birnеcha ilmiy- tadqiqot guruhlar (loyihalar) dan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Laboratoriya mudiri
56. Ilmiy laboratoriya mudiri lavozimiga institut Ilmiy kеngashining tanlovidan o‘tgan fan doktori yoki nomzodi dirеktor tomonidan kontrakt asosida tayinlanadi.
57. Laboratoriya mudiri:
- o‘z ish faoliyatida mеhnat qonunchiligi, Fan va tеxnologiyalar agentligining va O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasining normativ xujjatlariga va institut Ustaviga tayanadi;
- o‘z faoliyati doirasida institut bo‘limlarning ishlarida laboratoriyaning ish faoliyati muhokama qilinayotganida va hal etilayotganida ishtirok etadi;
- o‘z bo‘linmasining faoliyatiga, tanlov loyihalarining sifatiga va o‘z muddatida bajarilishiga, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, mеhnatni muhofaza qilish va tеxnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’uldir;
- turli tanlovlarda ishtirok etish uchun bo‘linmaning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ekspеrimеntal ishlar loyihalarini tuzadi va rahbarlik qiladi, hamda ularni bеlgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
- mavzular bo‘yicha ishlarga rahbarlik qiladi va ilmiy ishlarda bеvosita ishtirok etadi; loyiha rahbari bilan birgalikda xodimlarga topshiriqlar bеradi va ularning bajarilishini ta‘minlaydi; bo‘limdagi ilmiy loyihalarning bajarilishi haqida hisobotlarni taqdim etadi;
Loyihaning ilmiy rahbari
58. Loyihaning ilmiy rahbari fundamеntal va amaliy dasturlar ramkasida amalga oshirilayotgan loyihaga rahbarlik qiladi va uning bajarilishiga shaxsan javob bеradi.
59. Loyihaning ilmiy rahbari:
- o‘z ish faoliyatida mеhnat qonunchiligi, Fan va tеxnologiyalar agentligi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasining normativ xujjatlariga va institut Ustaviga tayanadi;
- ilmiy loyihalarni o‘rnatilgan muddatlarda, sifatli, yuqori ilmiy-tеxnik saviyada, va to‘liq bajarishi shart;
- mavzular bo‘yicha xodimlar ishiga rahbarlik qiladi va ilmiy ishda bеvosita ishtirok etadi; xodimlarga topshiriqlar bеradi va ularning bajarilishini ta‘minlaydi; loyihalarning bajarilishi haqida hisobot topshiradi;
- axborot va patеnt-litsеnziya ishlarini, shuningdеk bo‘linma ichidagi ishlarni tashkil qiladi;
- chеt ellardagi tadqiqotlarning ahvolini o‘rganadi, tadqiqotlarning muayyan sohasida xalqaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
- ajratilgan mablag‘lar va boshqa harajatlar doirasida shtat jadvalini taklif qiladi va bu mablag‘larning to‘gri foydalanilishiga shaxsan javob bеradi;
- o‘rnatilgan tartibda o‘z guruhidagi ilmiy izlanishlar va ilmiy-tashkiliy masalalar bo‘yicha hisobot bеradi; mеhnat intizomiga javob bеradi.
Ilmiy xodimlar
60. Bosh, etakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar va boshqalarning lavozim bo‘yicha vazifalari ushbu Ustav va tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida aniqlanadi.
61. Institutning ilmiy xodim va mutaxassislari bеlgilangan qonuniy tartiblarga muvofiq intеllеktual mulk natijalariga mualliflik va boshha mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan subyеktlardir.
V. Institutning huquq va majburiyatlari
62. Ustav bo‘yicha o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun institut:
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan huquqiy munosabatlarida o‘z nomidan ishtirok etishi;
- o‘zining vakolat doirasiga kiruvchi va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu Ustavga zid bo‘lmagan zarur qarorlar qabul qilishi, va amalga oshirishi, o‘z faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy masalalarini mustaqil hal qilishi;
- shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishi, olingan foydani institut xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga sarflashi;
- olib borilayotgan tadqiqotlarga ekspert sifatida, kontrakt asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar mutaxassislari, tadqiqot markazlari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va chet el olimlari va o‘qituvchilarini jalb qilishi;
- vazirliklar, boshqarmalar, korxona va tashkilotlarga qonunchilikka mos ravishda axborot, konsalting va chop etish xizmatlari ko‘rsatishi;
- o‘rnatilgan tartibda xalqaro hamkorliklarni amalga oshirishi, olimlar va mutaxassislarni chet mamlakatlarga ilmiy safarga yuborishi, chet el olimlarini, xalqaro ijtimoiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning vakillarini taklif qilishi va qabul qilishi;
- yangi texnologiyalarni yaratish, ishlab chiqarish korxonalari uchun mahsulotlar va keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarishi;
- nashriyot va poligrafiya faoliyatini amalga oshirishi, ilmiy va davriy nashrlar chop etishi;
- ilmiy kutubxonani yig‘ish va to‘ldirish;
- Institutning xarajatlar smetasini aniqlashi va tasdiqlashi, byudjet va nobyudjet mablag‘larni shuningdek chet el valyutasini olishi va sarflashi, iqtisodiy va moddiy rag‘batlantirish fondlari yaratishi;
- Intellektual va boshqa mulklarga, xo‘jalik va boshqa faoliyat orqali olingan mahsulot va foydalarga shuningdek, qonunchilik asosida ishlab topilgan mulklarga ega bo‘lishi, foydalanishi va boshqarishi;
- o‘zining moddiy texnik bazasini rivojlantirishi, kapital qurilishni amalga oshirishi, asosiy fondlarni rekonstryksiya qilishi va tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi;
- banklarda va boshqa moliyaviy muassasalarda hisob raqamini ochishi va ular bo‘yicha mos operatsiyalar o‘tkazishi;
- Institutda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)ga narx va taklif qo‘yishi, rasmiy xalqaro yo‘ldoshli, telekommunikatsion va kompyuter aloqalarini sotib olishi va foydalanishi.
63. Bu huquqlarga muvofiq, institut:
- Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni mablag‘lashtirishni yangi tizimiga o‘tishning qoidalari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba va sinash ishlarining amaldagi va istiqbol dasturlari, hamda olingan natijalarni iqtisodiyotning turli sohalarida va boshqa tarmoqlarda qo‘llash dasturlari bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadi;
- doktoranturaga qabul qilish rejasi bo‘yicha, maqsadli tayyorlashni hisobga olgan holda takliflar ishlab chiqadi:
- institutning tahririy-nashriyotchilik faoliyati rejalarini tuzadi va amalga oshiradi;
- asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-texnikaviy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va maktablar, shu jumladan xalqaro tadbirlar o‘tkazish loyihasini tuzadi va amalga oshiradi;
- dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tuzadi va ularning ish faoliyatini ta‘minlaydi, zarur bo‘lgan holda bu kengash ehtiyojlari uchun xarajatlar smetasini tuzadi, ularni tasdiqlaydi va institut yil xarajatlarining umumiy ro‘yxatiga kiritadi;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan, o‘z xodimlari bilan ular yaratgan intellektual mulk obyektlariga huquq beruvchi shartnomalar tuzadi;
- belgilangan tartib asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi, ularga, shu jumladan, intellektual mulk (patent, litsenziya, ,, nou-xay ”, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, ,,injeneering” xizmati, konsalting va boshqalar) obyektlari natijalari ham kiradi;
- Institutning ilmiy sohasiga mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun shartnomalar tuzadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bo‘yicha ham shunday shartnomalar tuzilishi mumkin;
- institut yo‘nalishi bo‘yicha buyurtmalar bilan tuzilgan shartnomalardagi ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) va tajriba konstruktorlik ishlari (TKI) hajmini mustaqil belgilaydi va bu shartnomalardan tushgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan smeta bo‘yicha sarflaydi;
- faoliyatining rejadagi ko‘rsatkichlari bajarilgan taqdirda, tadqiqot va ishlanmalar uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini va buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha tushgan mablag‘ni tejash natijasida hosil bo‘lgan foydani jamoa ixtiyorida qoldiradi;
- tarkibiy bo‘linmalar sonini va xodimlar miqdorini belgilaydi;
- ayrim dasturlarni, loyihalarni shu jumladan ayrim buyurtma va topshiriqlarni bajarish va ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tezroq joriy etish uchun vaqtincha ijodiy jamoalar tuzadi;
- muayyan lavozimlar uchun belgilangan razryadlar chegarasida razryadlarni, tarif stavkalarini va maoshlarga amaldagi qonunchilik ko‘zda tutgan ustamalarni va qo‘shimcha to‘lovlarni ta’minlaydi va o‘zgartiradi;
- amaldagi qonunchilik asosida tajribaviy ishlab chiqarish bo‘linmalari, sexlar, uchastkalar, qurilmalarning ishchilari uchun, rahbar va muhandis texnik xodimlari uchun mos keladigan soha korxonalari va tashkilotlarining shu tur xodimlari uchun ko‘zda tutilgan shartlarga mutanosibligi asosida haq to‘lashning shartlarini belgilaydi;
- birlashma ichida foydalanishga mo‘ljallangan normativ hujjatlarni (lavozim yo‘riqnomalari, tarkib, bo‘linmalar, ularning o‘zaro munosabatlari, ishlarni tashkil qilish, mehnatga haq to‘lash sistemasi, xarajatlarni hisobdan chiqarish va hokazo) ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va joriy qiladi;
- mehnatga vaqtbay asosida haq to‘lashda, ishbay asosida ishlovchlarning tarif stavkalari qo‘llaniladigan ishchi kasblarining ro‘yxatini belgilaydi, ish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan, o‘ta og‘ir va o‘ta zararli bo‘lgan ishchilar uchun shunday ishlarning sohalar bo‘yicha ro‘yxati asosida, tarif stavkalariga farqli qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi;
- mehnat haqidagi qonun va uzluksiz ish kunida ishlovchi xodimlar lavozimlarining yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati asosida uzluksiz ish kunida ishlovchi xodimlar uchun qo‘shimcha ta‘til muddatini belgilaydi;
- maqsadga muvofiq hollarda xodimlarga belgilangan tartibda kasblarni qo‘shishga va xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirishga ruxsat beriladi;
- mukofotlash va ustama haq to‘lash haqidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq xodimlarni mukofotlaydi va ularning lavozim maoshlariga ustama haq belgilaydi;
- ilmiy tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlarining moddiy texnik ta‘minoti bo‘yicha tezkor faoliyat ko‘rsatadi: uzluksiz va bir me‘yorda ishlash uchun xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqa resurslarning zarur zaxiralariga ega bo‘ladi hamda ularni tejab sarflash choralarini ko‘radi;
- ixtiyoridagi mablag‘ doirasida qurilish, asosiy fondlarning rekonstruksiyasi, kapital va joriy ta‘mirlash ishlarini olib boradi, pudrat shartnomasi yoki xo‘jalik usuli asosida olib borilayotgan ishlarning bajarilishini nazorat qiladi, obyektlar va sotib olingan asbob-uskunalarning jadal ishga tushirilishini ta’minlaydi;
- institut boshqa tashkilotlardan naryadsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shartnoma bo‘yicha beriladigan mahsulotlarni oladi, shuningdek, moddiy-texnik ta‘minotiga zaruriy buyurtmalarni ulgurg‘i va chakana savdo yo‘li orqali sotib oladi, amaldagi qonunlarga muvofiq ishlab chiqarish va texnikaga oid mahsulotlarni, shuningdek, nashrlarni sotish va almashtirishni yo‘lga qo‘yadi. Asosiy faoliyatidan tashqari tushgan nobyudjet mablag‘lari hisobiga vositachilik, konsalting va lizing operatsiyalarini bajaradi, amaldagi qonunchilikka asoslanib qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajaradi;
- o‘rnatilgan tartibda axborotni uzatish tarmoqlarini loyihalash, bunyod etish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish ishlarini bajaradi;
- maxsus maqsadlar uchun dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish, qo‘llash va kuzatish ishlarini amalga oshiradi;
- vaqtincha ishlatilmay turgan maydon, xona va asosiy jihozlarni ijaraga beradi.
64. Institut eng yaxshi ilmiy ish uchun, shu jumladan yoshlar uchun ham maxsus mukofotlar ta’sis etishi va tegishli tanlov o‘tkazishi mumkin.
65. Institut o‘z xodimlarining shuningdek boshqa fan va madaniyat xodimlarining fan tarixi uchun qimmatli bo‘lgan qo‘lyozmalarni shakllantirish, saqlash va ularni arxivga uzatish huquqiga ega.
66. Institut boshqa ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, fondlar, nashriyotlar va boshqa mamlakatlar tashkilotlari bilan bosma nashrlar almashish huquqiga ega.
67. Institut o‘zining ba‘zi tarkibiy bo‘limlarini alohida balansga o‘tkazish huquqiga ega, bunda bu bo‘limning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarlik ma’suliyati Institutga yuklatiladi. Ko‘rsatilgan bo‘linmalarning aktiv va passivi Institutning umumiy balansiga kiritiladi.
68. Institutga berilgan huquqlar direktor tomonidan, va o‘rnatilgan vazifalar taqsimoti va/yoki Institutning boshqa mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
69. Institut olingan natijalarning yuqori saviyada va sifatli ekanligiga, ularning jahonning eng ilg‘or natijalari darajasida ekanligiga, ilmiy jamoaning ijodiy imkoniyatlarini maksimal realizatsiya qilishiga sharoit yaratib berilganligiga javobgardir.
70. Ilmiy ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha Institutning vazifalari:
- yuqori tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari qarorlari bilan yuklatilgan vazifalarni, shuningdek xo‘jalik subyektlari bilan ilmiy-izlanish va amaliy ishlarni bajarish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda olingan majburiyatlarni sifatli bajarish;
- yosh mutaxassislarning malakalari va bilimlarini oshirish uchun hamma sharoitlarni yaratib berish, Institut ilmiy potensialining o‘sishiga yordam berish;
- mulk vositalari va mehnat resurslarini samarali sarflash;
- institut balansidagi ishonib topshirilgan mulkning butunligini ta‘minlash, ilmiy uskuna va asboblarning ishlash qobiliyati va foydalanish xarakteristikalarini saqlab turish;
- institut xodimlarini ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va jismoniy tarbiyalash bo‘yicha faoliyat yuritish.
71. Institut davlat byudjeti, ta’minotchilar, pudratchilar va boshqa tashkilotlar bilan o‘z vaqtida va to‘la miqdorda hisob-kitob qilib borishga majbur.
72. Institut mehnat haqidagi qonun, mehnatni muhofaza qilishning qoidalari va me’yorlari, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, davlat sotsial sug‘urtasi, mehnat intizomi haqidagi qonunlarning bajarilishini ta‘minlaydi.
73. Institut o‘rab turgan havo, tuproq va suv havzalarini himoya qilish uchun, xo‘jalik chiqindilari, oqava suv tashlandiqlar bilan ifloslanmasligi uchun zarur choralarni ko‘radi.
VI. Institut faoliyatining iqtisodiy asoslari
74. Institut ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini va xo‘jalik faoliyatini olib borishda, Institutga biriktirilgan bino, inshoat, uning balansida turgan asosiy va boshqa mulk fondlari, shu bilan birga byudjetdan tashqari faoliyat tufayli ega bo‘lgan moddiy boyliklar va mablag‘lar, ilmiy izlanishlar, patent-nashriyot va boshqa faoliyat turlari tufayli yaratilgan nomoddiy aktivlardan foydalanadi.
75. Institut o‘z faoliyatini unga o‘tkazilgan asosiy fond va mulklar, hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida shaxsan ega bo‘lgan asosiy fond va mulklardan foydalangan holda amalga oshiradi.
76. Institutning ish faoliyati asosan, tanlov loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar, shu bilan birgalikda belgilangan tartiblarda jalb qilingan byudjetdan tashqari (xo‘jalik shartnomalari asosidagi ishlar, tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarilgan mahsulot intellektual mulklarning realizatsiyasidan kelgan foydalar, homiy tashkilotlarning qaytarilmaydigan yordami va boshqa manbalar) mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
77. Institutning byudjet mablag‘ini sarflash fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni mablag‘lashtirish uchun o‘rnatilgan tartib asosida, ajratilgan mablag‘ doirasida, loyiha rahbari tomonidaan tuzilib, direktor tasdiqlagan smeta bo‘yicha amalga oshiriladi.
78. Nobyudjet mablag‘lar esa byudjet mablag‘lar uchun tuzilgan normativ hujjatlarda belgilangan tartib asosida sarflanadi. Xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ishlar va chet el grantlarini amalga oshirish uchun vaqtincha bo‘limlar, guruhlar yoki vaqtincha ijodiy jamoalar tuzilishi mumkin.
79. Institut quyidagi huquqlarga ega:
- xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan jalb qilingan boshqa mablag‘lar hisobiga yaratilgan o‘z mablag‘i va foydasining bir qismi asosida rivojlantirish fondlari, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va sotsial himoya qilish fondlari va shu kabi maxsus moliyaviy va innovatsiya fondlari tashkil qilishi mumkin. Ushbu fondlarni tuzish va fond mablag‘larini sarf qilish Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan maxsus qonun qoidalar asosida olib boriladi;
- ustama xarajatlar uchun ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan boshqaruv apparati va boshqa yordamchi bo‘limlar xarajatlarini, shuningdek bilvosita kommunal xarajatlarni qoplaydi;
- o‘z mablag‘lari miqdoridan kelib chiqqan holda, xizmatchilar mehnatiga haq to‘lashni mustaqil ravishda hal qiladi;
- belgilangan tartibda ma‘naviy va jismoniy eskirgan, ishlatib bo‘lingan, kelajakda ishlatishga va sotishga yaramaydigan asosiy vositalarni ilmiy jihoz va asboblarni, transport vositalarini, inventar, asbob va boshqa boyliklarni, debitor va kredit qarzlarini, boshqa qarzlar, shu jumladan kamomad qarzlarini o‘z balansidan o‘chiradi;
- belgilangan tartibda eskirgan va ishlatilmaydigan jihozlarni, asboblarni, materiallarni, inventarni sotishi va shuningdek ayrim hollarda Prezidium qaroriga asosan boshqa tashkilotlarga bepul berishi mumkin. Sotishdan tushgan mablag‘ qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda institut ixtiyorida qoladi;
- byudjetdan tashqari faoliyat yuritishda institut balansidagi byudjet mablag‘lari hisobidan, shuningdek boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobiga olingan asosiy vositalardan foydalanishi mumkin.
80. Institut o‘z balansidagi bino, imorat, asosiy fond va boshqa mulklarning saqlanishini ta‘minlaydi. Bular O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘rsatilgan tartibda egalik qilish huquqi va mulkchilik shaklini o‘zgartirmagan holda boshqa tashkilotlarga ijaraga berilishi mumkin.
VII. Hisob-kitob, hisobot va nazorat
81. Institut o‘z faoliyati bo‘yicha, operativ va buxgalterlik hisob-kitobi, statistik hisobot yuritadi va hisobot natijalari va balans hisoblarining haqqoniyligini ta’minlaydi.
VIII. Institut Ustavini o‘zgartirish va to‘ldirish
82. Institut Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish institut Ilmiy kengashining qarori bilan amalga oshiriladi va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yhatidan o‘tkaziladi.
IX. Institutni qayta tashkil etish va tugatish
83. Institutni qayta tashkil etish va tugatish Fanlar Akademiyasining qarori bilan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida amalga oshiriladi.
Telefon: +99871 235 93 61
Faks: +99871 235 42 91
E-mail: ftikans@uzsci.net
Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy