Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

Yosh olimlar kengashi

Yosh olimlar kengashi

S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti yosh olimlar kengashi

S.A.Azimov nomidagi Fizik-texnika instituti Yosh olimlar kengashi institutning yosh olimlari, tayanch doktarantlari va doktarantlarni birlashmasi hisoblanadi.

Yosh olimlar kengashining faoliyati, yosh tadqiqotchilar va ularning ijodiy, ilmiy salohiyatini professional rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan. Bundan tashqari, Kengash yosh olimlarning ijodiy faoliyatini rivojlantrish, ularning, professional yetuk kadrlar bo‘lib shakllanishida, mamlakatni ustuvor ilmiy va amaliy muammolarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qo‘llab quvvatlaydi va birlashtiradi.

Kengash institutning 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarni, tayanch doktorantlarni va doktorantlarni birlashtiradi.

Kengash mamlakatimiz va xalqimizning madaniyati va ma'naviyatini yuksaltirishda, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, fundamental va amaliy sohalarda, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarni o'z ichiga oladi.

Kengash yosh olimlar tomonidan respublikamiz uchun zamonaviy fanning eng muhim muammolarini hal etishga yo'naltirilgan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlarni olib boorish va tashkil etishga kumaklashadi. Shu maqsadda, kengash mamlakat iqtisodiyotining turli sohalaridan yuqori malakali mutaxassislar va istiqbolli ilmiy yo'nalishlarni aniqlashga yordam beradi va yosh olimlar birlashtiradi.

2025-yil yakunlari bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti Yosh olimlar kengashi(YOK) 42 ta yosh olimlardan iborat.

40 yoshgach yosh olimlar soni:

Ayni paytda, Fizika-texnika institutida 42 nafar 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, jumladan 10 nafar katta ilmiy xodim, 10 nafar kichik ilmiy xodim, 3 nafar doktorant, 16 nafar tayanch doktarantlar, 4 nafar stajor tadqiqotchilar ishlamoqda.

Fizika-texnika instituti yosh olimlar kengashining tarkibi:

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi Fizika texnika instituti Yosh olimlar kengashining 2025-yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirilishi yuzasidan chora-tadbirlar dasturida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishi bo‘yicha HISOBOTi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida o'tkazilgan "Eng faol yosh olim" tanlovida institutimiz doktoranti Jurayev To'xtamurod faxrli 3-o‘rinni egalladi.

 image1.png

2025-yil 17-may Toshkent Botanika bog'ida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fan, ixtiro va g‘oyalarga asoslangan “Formula 2025” keng ko‘lamli ilmiy-ommabop festivalida S.A.Azimov nomidagi Fizika – Texnika institutining yosh olimlari ilmiy ishlanmalar va innovatsion g’oyalari bilan faol ishtirok etishdi.

obs.jpg

image6.png

Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida “Sport-sog‘liq garovi" shiori ostida S.A.Azimov nomidagi Fizika texnika instituti yosh olimlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbir

Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida sport – taʼlim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va isteʼdodli yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini oʻtkazish maqsadida joriy yilning 6 - may kuni S.A.Azimov nomidagi Fizika texnika institutining barcha xodimlari institut rahbariyati va yosh olimlar kengashi tomonidan uyushtirilgan "Sport-sog‘liqning garovidir" shiori ostida valeybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab – quvvatlash maqsadida institut raxbariyati tomonidan g‘olib jamoa va xodimlar maxsus esdalik sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

21488.jpg

248857.jpg

Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy ishlarni oʻtkazish uchun yosh mutaxassislar va olimlarga shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish, shuningdek yoshlarning kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish maqsadida O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti katta ilmiy xodimi Radjapov Bekjan Saliyevich 2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahridagi “INNO” Texnoparkida bo‘lib o‘tgan “Standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar” ko‘rgazmasinida “Alfa, beta va gamma nurlanish radiospektrometri” qurilmasi bilan ishtirok etdi xamda sertifikat bilan taqdirlandi.

 image13.png  image14.png

S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining “Yuqori sezgirli yarim o‘tkazgichli datchiklar” laboratoriyasi yosh olimlari "Innoweek-2025" xalqaro innovatsion ishlanmalar haftaligida faol ishtirok etishdi.
S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining “Yuqori sezgirli yarimo’tkazgichli datchiklar” laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Axtamov T.Z., doktorantlar Aliqulov R.B., Nasimov U.M., Abriyev Sh.A., stajyor tadqiqotchi Bobomuratov S. lar joriy yil poytaxtdagi CAEx majmuasida 9–11 oktyabr kunlari yirik xalqaro tadbir "Innoweek-2025" xalqaro innovatsion ishlanmalar haftaligida laboratoriyada yaratilgan ishlanmalar bilan faol ishtirok etishdi.

 

 image15.jpeg  image16.jpeg

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2025-yil 10-sentabrdagi 02-PA1/1-2862-sonli topshiriq xatiga asosan olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish, tadbirkorlar bilan muloqotni davom ettirish va ilmiy ishlanmalarni targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan 2025-yil 18-oktabr kuni soat 14-00 da “Lotte City Hotels Tashkent Palace” mehmonxona binosida (Buyuk Turon ko‘chasi 56) elektrotexnika, qurilish, farmatsevtika, avtomobilsozlik, transport va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar bilan tadbirkorlar o‘rtasida ilmiy ishlanmalar va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha savdo sanoat palatasi uchrashuv tashkil qildi va bunda laboratoriya kichik ilmiy xodimi Axtamov T.Z. patent olingan ishlanmalari bilan qatnashdi.

image17.png   image18.png
 image19.png  image20.png
Olimlar bilan tadbirkorlarning “Lotte City Hotels Tashkent Palace” mehmonxonasidagi uchrashuvdan lavhalar

Fanlar akademiyasi va Savdo sanoat palatasi tashabbusi bilan 2025-yil, 22-noyabr kuni Toshkent Davlat Axborot Texnologiyalar universitetida axborot texnologiyalari, elektrotexnika va energetika yo‘nalishlaridagi olimlar va tadbirkorlar uchrashuvida laboratoriya kichik ilmiy xodimi Axtamov T.Z. va doktorant Abriyev SH.A. lar laboratoriya ishlanmalarining realiziatsiya qilishga tayyor qurilmalari bilan ishtirok etishdi.

 image21.png image22.png 
Olimlar bilan tadbirkorlarning Toshkent Davlat Axborot Texnologiyalar universitetida bo’lib o’tgan uchrashuvidan lavhalar

Yoshlarga oid davlat siyosatini roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish maqsadida tanlovlar, olimpiadalar, koʻrgazmalar, festivallar, koʻriklar, konsertlar, simpoziumlar, oʻqishlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘ibot markazi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Evrika” tanlovi tashkil etilgan. Tanlov doirasida “Raqamlar dunyoni boshqaradi”, “Tabiat va inson”, “Texnika va IT texnologiyalari”, “Jamiyat, tarix, madaniyat”, “Faol yosh olima ayollar uchun” hamda “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyalari joriy etilgan.

12-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ilm-fan targ‘ibot markazi, O‘zbekiston ekologik partiyasi hamda “Science and Innovation” kompaniyasi hamkorligida “Evrika” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlovda 5 ta nominatsiya bo‘yicha 20 nafar g‘olib aniqlanib, ularga pul mukofotlari, statuetkalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu tanlovning “Raqamlar dunyoni boshqaradi” nominatsiyasi bo‘yicha O‘z.R FA S.A.Azimov nomidagi Fizika texnika instituti yosh olimi Isakov Diyorbek faxrli 3-o‘rinni egalladi.
 image23.png  image24.png
 

image25.png

Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari (erkaklar) o‘rtasida voleybol bo‘yicha an’anaviy “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

 Mazkur sport tadbiri ilmiy jamoalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, sport orqali faol dam olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Musobaqada Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalardan 12 ta  jamoa ishtirok etib, o‘zaro murosasiz va yuqori saviyadagi bellashuvlarni namoyish etdi.

Qizg‘in bahslar yakunida Fizika-texnika instituti jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “O‘zR FA prezidenti kubogi”, 1-darajali diplom hamda medallar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda qabul qilib olishdi.

 image26.png  image27.jpeg
 image28.jpeg  image29.jpeg

image30.png

Yoshlarga oid xalqaro tajriba almashuvi;

O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining “Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari” hamda “Yarimo‘tkazgichlar asbobsozligi” laboratoriyalari tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan PRIM 01-22 – MoSeST loyihasi doirasida institutimiz doktoranti —t.f. PhD T. I. Juraev Ispaniya davlatiga ilmiy xizmat safarini amalga oshirdi. Ushbu safar davomida T. I. Juraev Universitat Jaume I, Mashinasozlik va qurilish kafedrasida, hamda Universitat de Barcelonaning Materialshunoslik va Fizik-kimyo kafedralarida zamonaviy  gibrid nanosuyuqliklar, ularning issiqlik-fizikaviy xususiyatlari, energiyani saqlash materiallari, smart energiya yechimlari va yangi avlod nanomateriallariga oid ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Safar davomida Universitat Jaume I va O‘zR FA Fizika-texnika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi hamda MoSeST markazi uchun uch tomonlama qo‘shma ilmiy hamkorlik imkoniyatlari kengaytirildi.

 image31.png  image32.png
image33.png



image34.png


22114.jpg

O‘zR FA S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutining “Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari” hamda “Yarimo‘tkazgichlar asbobsozligi” laboratoriyalari tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan PRIM 01-22 – “Modern Semiconductor and Solar Technologies Design Center (MoSeST)” loyihasi doirasida institutimiz ilmiy xodimlari — texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.S Halimov, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D. B. Istamov hamda kichik ilmiy xodim A.Yu. Usmanov - Xitoy Xalq Respublikasiga ilmiy xizmat safarini amalga oshirmoqdalar. Ushbu safar davomida ilmiy xodimlar, Xitoy Fanlar akademiyasining Elektr muhandisligi institutida hamda Shanghai Jiao Tong Universityning Smart Energy kolleji laboratoriyalarida zamonaviy quyosh issiqlik tizimlari, energiyani saqlash materiallari, yarimo‘tkazgich texnologiyalari, smart energiya yechimlari va yangi avlod nanomateriallarga oid ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishmoqdalar, tajriba almashmoqdalar va MoSeST markazi uchun qo‘shma ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqdalar.

Mazkur tashrif MoSeST markazining ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

 

Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasi

1.     

Yosh olimlar kengashi raisi

   Musayev Qobil Abdulvafayevich

1986

2.     

Kichik ilmiy xodim

Shodmonov Maratbek Zafar o‘g‘li

1995

Yarim o‘tkazgichli kristallarni o‘stirish laboratoriyasi

3.     

Kichik ilmiy xodim

Turg‘unov Otabek Zokir o‘g‘li

1995

Nazariy fizika laboratoriyasi

4.     

Kichik ilmiy xodim

Ismailov Kadir Kamalbayevich

1987

5.     

Katta ilmiy xodim

Otajonov Sherzod Rustamovich (PhD)

1989

6.     

Katta ilmiy xodim

Turmanov Bekzod Hamroyevich, f.-m.f.f.d.

1990

Fotoelektronika laboratoriyasi

7.  

Katta ilmiy xodim

Xurramov Ramozan Ravshanovich, (PhD)

1994

8.  

Katta ilmiy xodim

Yo‘ldoshov Ruhiddin Tolibovich (PhD)

1988

9. 

Kichik ilmiy xodim

Isaqov Diyorbek Ziyodullo o‘g‘li

1994

10.

Kichik ilmiy xodim

Pirimmatov Muhammad Pirimmat o‘g‘li

1994

Yuqori sezgirli yarim o‘tkazgichli datchiklar laboratoriyasi

11.

Katta ilmiy xodim

Axtamov Tohir Zuhriddin o‘g‘li

1992

Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari laboratoriyasi

12.

Katta ilmiy xodim

Xaitmuxamedov Azizboy Ergashbayevich

1990

13.

Kichik ilmiy xodim

Usmanov Abdurauf Yuldashboyevich

1990

14.

Kichik ilmiy xodim

Ahmadov Xushdil San’atovich

1992

15.

Kichik ilmiy xodim

G‘opporov Umid Ramazanovich

1987

16.

Kichik ilmiy xodim

Jalilov Dilshod Yunusjon o‘g‘li

1994

Yarim o‘tkazgichli asbobsozlik laboratoriyasi

17.

Laboratoriya mudiri

Abdulxayev Oybek Abdullazizovich, f.-m.f.f.d. (PhD), k.i.x.

1986

18.

Katta ilmiy xodim

Istamov Damir Botirovich

1990

Doktorantlar

19.

Doktorant (2-bosqich)

Halimov Akbar Sodiqovich

1986

20.

Doktorant (2-bosqich)

Jurayev Tuxtamurod Islom o‘g‘li

1994

21.

Doktorant (1-bosqich)

Radjapov Bekjan Saliyevich

22.

Tayanch doktorant (1-bosq)

Abdullayev Habib Shukurullayevich

1996

23.

Tayanch doktorant (1-bosq)

Bobomuratov Sardor Abdurasul o‘g‘li

1996

24.

Tayanch doktorant (1-bosq)

Eshimbetov O‘ktambek Reyimovich

1995

25.

Tayanch doktorant (1-bosq)

Tursunova Asfiyabonu Xayrullo qizi

1999

26.

Tayanch doktorant (1-bosq)

Matmuratov Aydos Salamatdinovich

1997

27.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Abriyev Shaxzod Akbar o‘g‘li

1997

28.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Bekmirzoyev Javoxir G‘ayratjonovich

1995

29.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Bobomuradov Sherzod Mamarahim o‘g‘li

1996

30.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Ibodullayev Abbos Yunusovich

1996

31.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Kuralov Murodbek Artikaliyevich

1990

32.

Tayanch doktorant (2-bosq)

Tuychiyev Ixtiyor Xusan o‘g‘li

1998

33.

Tayanch doktorant (3-bosq)

Tohirov Azizjon Muzaffar o‘g‘li

1994

34.

Tayanch doktorant (3-bosq)

Baxodirov Shamsiddin Shavkat o‘g‘li

1995

35.

Tayanch doktorant (3-bosq)

Shuxratova Latofat O‘tkir qizi

1995

36.

Tayanch doktorant (3-bosq)

Nasimov Umirzoq Mansurovich

1987

37.

Tayanch doktorant (3-bosq)

Asanova Sayyora Kalbay qizi

1997

Stajorlar

 

38.

Abdusalimov Bekzod Nabijon o‘g‘li

1996

39.

Rasulova Gulzodaxon Tulaboy-qizi

1991

40.

Xojabayev Bolat Kaldibayevich

1993

41.

Saitqulov Shaxboz Shavkat  o‘g‘li

1999


O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi

S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

Yosh olimlar kengashi raisi                                                          Q.A.Musayev


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: