2024 yil 13-mart kuni O’zbekiston Fanla Fizika-texnika institutiga “Rosatom” korporatsiyasi Milliy Kvant laboratoriyasi Yangi loyihalar yo’nalishi bo’lim boshlig’i Ya.M. Borisov, AQShdagi Texas universiteti Nanotexnologiya instituti direktor o’rinbosari prof. A.A.Zahidov, hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Kvant texnologiyalari markazi” direktori A.A.Sulaymanovlar tashrif buyurdilar. Mehmonlar bilan institut direktori prof. X.K. Olimov, direktor o’rinbosari B.A. Ergashev hamda institut bosh ilmiy xodimi “O’zbekiston fiziklar kengashi” raisi akademik K.G. Gulamovlar ilmiy hamkorlik bo’yicha davra suhbati o’tkazishdi.
Shundan so’ng O’zR FA Fizika-texnika instituti majlislar zalida Rossiyalik bir guruh olimlar prof. Albert G. Nasibulin, D.Chermoshentsev, A. Chernov va boshqa olimlar bilan online tarzida seminar bo’lib o’tdi. Seminar davomida Rossiyalik olimlar olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari bo’yicha ma’ruzalar qilishdi. Shu bilan birga kelajakdagi yarim o’tkazgichlar fizikasi hamda materialshunoslik sohalaridagi ilmiy hamkorliklar bo’yicha ham muzokaralar olib borildi.
Online muzokarlardan so’ng mehmonlar institut ilmiy laboratoriyalarida bo’lib, institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishdi. Xususan “Fotoelektronika” laboratoriyasi mudiri prof. T.M. Razikov hamda “Yarimo’tkazgichli asbobsozlik” laboratoriyasi mudiri O.A. Abdulhayevlar rahbarligida olib borilayotgan ilmiy ishlar mehmonlarda qiziqish uyg’otdi va kelajakdagi ilmiy hamkorlik masalalari kelishib olindi.
Telefon: +99871 235 93 61
Faks: +99871 235 42 91
E-mail: ftikans@uzsci.net
Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy