Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutiga tashrif buyurishdi. Institutda "Yarimo‘tkazgichli asbobsozlik" laboratoriyasi mudiri Abdulxayev O.A., "Yuqori sezgirli yarimo‘tkazgichli datchiklar" laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Sobirov X. va Geliopoligon yetakchi muhandisi Kasimov F.Sh.lar o‘quvchilarni qabul qilib, ularga institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar to'g'risida ma'lumot berishdi. Ixtisoslashgan maktab o'quvchilarida institutdagi ilmiy tadqiqotlar yuqori qiziqish uyg'otdi va maktab ma'muriyati hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha memorandum imzolashni taklif qildi.
Telefon: +99871 235 93 61
Faks: +99871 235 42 91
E-mail: ftikans@uzsci.net
Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy