Fuqarolar murojaati
O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

KOREYANING MASHXUR KITECH INSTITUTI VAKILLARI TASHRIFI

Новости
14.06.2024

2023 yil 13 iyun kuni Koreyaning nufuzli KITECH (Korean Institute of Industrial Technology – Koreya Sanoat texnologiyalari Instituti) rahbariayti vakillari - Prof. Kim, Prof. Han hamda bir necha olimlari O’zbekiston Fanlar akademiaysi Fizika-texnika institutiga tashrif buyurishdi. KITECH vakillari bilan O’zR FA Fizika-texnika hamda Materialshunoslik Institutlari rahbariyatining yarim o’tkazgichlar fizikasi hamda materialshunoslik sohalarida o’zaro hamkorlik istiqbollari haqida muzokaralar olib borilib, O’zR FA Fizika-texnika hamda Materialshunoslik institutining xoxlovchi yosh olim va doktorantlarining KITECH o’z tadqiqot laboratoriyalarida ilmiy stajirovka o’tashlari uchun barcha sharoit yaratib berishiga kelishib olindi. Shundan keyin, KITECH rahbariyati vakili Prof. Kim hamda Prof. Han O’zR FA FTI majlislar zalida Yosh olim hamda doktorantlarimizga Koreyaning KITECH laboratoriyalarida yarim o’tkazgichlar fizikasi hamda materialshunoslik sohalarida o’tkazilayotgan fundamental hamda amaliy-innovatsion tadqiqotlar va Koreyada ishlab chiqariladigan texnika maxsulotlariga, asbob-uskunalarga Xalqaro standartlarga mos bo’lgan Koreya standartlarini ishlab chiqish jarayonlari va bosqichlari haqida foydali ma’lumot berdilar. Prof. Kim hamda Prof. Han tinglovchilarning barcha savollariga batafsil javob berdilar.

1.png

2.jpg

3.jpg

4.jpg


5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: