O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI
INSTITUTIMIZ KASABA UYUSHMASI RAISI YILNING ENG FAOL RAISI DEB E’TIROF ETILDI
Новости
03.01.2025
2024-yil 27-dekabr kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi 15-majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Respublika kengashi raisi R. Bedilov olib bordi. Majlis davomida yil yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qib eshittirildi. Tadbirda Respublika kengashi bilan hamkorlikda ishlayotgan bir nechta tashkilotlar vakillari ham ishtirok etishdi. Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T. Komilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliyev hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari o‘z yillik faoliyatlariga oid hisobotlarini taqdim etishdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi Fizika-texnika instituti kasaba uyushmasi raisi U.X. Raxmonovga O’zbekiston Respublikasi ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R. Bedilov tomonidan eng faol ishlagani uchun “Yilning Eng Faol Raisi” deb e’tirof etildi. Shu munosabat bilan unga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’a topshirildi. Institut kasaba uyushmasi raisi U.X. Raxmonovni ushbu e’tirof bilan muborakbod etib, unga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Institutimizning shunday yutuqlari bardavom bo’lsin!