Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

BISHKЕKDA HALQARO ILMIY-TEXNIKAVIY HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

Новости
21.07.2025

Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti hamda Qirg‘iz Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi akademik Jennbayev nomidagi Fizika instituti o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlik shartnomasini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan institut direktori prof. X.K. Olimov hamda Qirg‘iz Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi Fizika instituti tomonidan institut direktori prof. N.J. Jeyenbayev imzoladilar. Imzolangan halqaro hamkorlik kelishuviga asosan tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbaalari, qattiq jism hamda yarim o‘tkazgichlar fizikasi yo‘nalishlarida birgalikda fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishlari hamda ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni almashishlari ko‘zda tutilgan. Undan tashqari, hamkorlik shartnomasi doirasida ikkala institut birgalikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy seminar hamda konferensiyalar, ikkala tomonga xodimlarni ilmiy safarlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.

1.jpg

Без имени.jpg

4.jpg

5.jpg

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: