O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti
Institutning yangi ilmiy kotibi tayinlandi!!!
Новости
07.10.2026
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutiga Musayev Qobil Abdulvafayevich ilmiy kotib etib tayinlandi. Qobil Abdulvafayevich ushbu tayinlovga qadar institutning Yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasida katta ilmiy xodim, shuningdek, Institut Yosh olimlar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. U ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bir qatorda institutda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarida faol ishtirok etib kelgan. Qobil Abdulvafayevichni yangi mas’uliyatli lavozim bilan muborakbod etamiz! Unga institut ilmiy faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyat, samarali faoliyat va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz. Yangi lavozim muborak bo‘lsin!