- Главная
- Сотрудники лаборатории
- Saidov Amin Safarbayevich
Saidov Amin Safarbayevich
Saidov Amin Safarbayevich
1939-yilda tug’ilgan.
“Yarimo’tkazgich kristallarini o’stirish” laboratoriyasi mudiri, bosh ilmiy xodimi,
fizika matematika fanlari doktori, professor.
Ilmiy izlanishlar sohasi:
Olmossimon yarimo’tkazgichlarda kiritmalarning o’zaro ta’siri va kremniy, galliy arsenide, galley-alyuminiy arsenide, yuqoriomli, birjinsli va IV1-x-IVx, (IV2)1-x(A3B5)x, (IV2)1-x(A2B6)x, (IV2)1-x-y(A3B5)x (A2B6)y varizon qattiq qorishmalarini o’stirishning hamda shular asosidagi geterotuzilishlarning fizik asoslari
Ma’lumoti:
1957-1962 yy. – Samarqand Davlat Universiteti (sobiq O’zbekiston Davlat Universiteti)
1964-1966 yy. RFA A.N.Ioffe nomidagi Fizika-texnika institutida ilmiy tadqiqotchi
1967-1969 yy. RFA A.N.Ioffe nomidagi Fizika-texnika institutida aspirant
Yutuqlari:
1970-yilda Fizika-matematika fanlari nomzodi bo’lgan (Leningrad).
1983-yilda Fizika-matematika fanlari doktori bo’lgan.
1985-yilda “Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” ixtisosligi bo’yicha professor
2007-yil 23-avgustda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni (PF-391223) ga ko’ra, “Yangi yarimo’tkazgichli qorishmalar va yarimo’tkazgichlarning kiritmali xususiyatlari” bo’yicha ishi uchun “Ozbekiston Respublikasi Davlat mukofoti” bilan taqdirlangan.
Jahon amaliyotida birinchilardan bo’lib, ekologik toza yo’l bilan quyosh pechida tozalik darajasi 96% bo’lgan kremniydan 99,9% soflikdagi kremniyni qo’lga kiritgan hamda birinchilardan bo’lib toza kremniy va yangi qattiq qorishmalarda teplovoltaik va fototeplovoltaik effektlarni aniqlagan.
Ilmiy ishlari:
2 ta monografiyasi, 1 ta maqolalar to’plami, 280 dan ortiq maqolalari va 36 patenti bor