Fuqarolar murojaati
O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

«FTI INNOVATSIYA MARKAZI» MCHJ

JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI

Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.

Jamiyat o‘z faoliyatini mazkur Ustav va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va ta’sis xujjatlariga asosan amalga oshiradi.

Jamiyat o‘z majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.

Jamiyat o‘zining firma nomi bilan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan o‘z emblemasiga, tovar belgisiga ega bo‘lishga haqli.

Jamiyat o‘z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol- mulkka ega, o‘z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 

JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI

Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston iqtisodiyotiga yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tadbiq qilish, ichki bozorni xalq iste’moli tovarlari bilan to‘ldirish, shuningdek turli xil tijorat xizmatlarini ko‘rsatish, natijada ta’sischilar manfaatlari uchun foyda olish. Jamiyat faoliyatining predmeti texnik va intellektual ishlanmalarni kommersializatsiya qilish, shu jumladan:

– kichik sexlar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish;

– chet el investitsiya mablag‘larini jalb etish va o‘zining ishlab chiqarish faoliyatiga qo‘shish;

– qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.

Ortga qaytish

Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: