Fuqarolar murojaati
O`zRFA, "FIZIKA-QUYOSH" IIChB,
FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI

Quyosh energetikasi xalqaro assotsiatsiyasi

       Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi xalqaro miqyosdagi, quyosh energetikasi yo‘nalishida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash asosida ilg‘or quyosh energetikasi sohasida texnologiyalardan samarali foydalanishga hissa qo‘shish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalarni strategik tahlil qilish va loyihalarni boshqarish, texnologiyalar transferiga yo‘naltirilgan ishlarda ko‘maklashishdan iborat.

Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- quyosh energetikasi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni olib borish;

- maqsadli ilmiy dasturlarni jahon talablari va standartlari darajasida amalga oshirish, namunaviy tadqiqot institutlarini tashkil etishda ko‘maklashish;

- quyosh texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlarini sertifikatlashtirish xizmatini tashkil etish va tashkil etishda ko‘maklashish;

- xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda loyihalashtirish va baholash ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

- quyosh texnologiyasini joriy qilish uchun mahalliy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan birga texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA)ni ishlab chiqish va tayyorlash hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish;

- ishlab chiqilgan zamonaviy materiallar asosida quyosh-energetikasining ilg‘or texnologiyalari va texnik yechimlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish;

- hamkorlikning samarali shakllarini rivojlantirish, ilmiy va tarmoq fanlarini birlashtirish.

- mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birga ilmiy anjumanlar, seminarlar va mahorat darslari tashkil qilish orqali ilm-fan va innovatsiya sohalarda kadrlar salohiyatini mustahkamlashga yordam ko‘rsatish;

- xorijiy tadqiqot va ta’lim muassasalari, innovatsion markazlar, xorijiy hamkorlar, ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar, ta’lim va mutaxassislar almashishni tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali xalqaro ilmiy va texnik hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

- xalqaro loyihalar va fondlarning grant mablag‘larini yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish;

- quyosh energetikasi texnologiyalari, muammolari va yechimlariga oid tanlovlar, olimpiadalar va musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish.


Ortga qaytish

Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: