Обращение граждан
ФИЗИКО-ТЕХНИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
НПО "ФИЗИКА-СОЛНЦЕ" АН РУз

ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari

Абдулхаев О.jpgAbdulxayev Oybek Abdullazizovich

1986 yil 27 iyulda tug‘ilgan.

Fizika-matematika fanlari falsafa doktori

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

O‘zR FA FTI ma’muriyat binosi

Tel.: +998-(71)-235-40-82.

e-mail: abdulhaev@uzsci.net


Ilmiy faoliyati:

·      Yarimo‘tkazgichli asbobsozlik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar;

- YoFA-Ftex-2018-204 raqamli loyiha asosida fotometrik shar asosida sust yutilish chiziqlarini qayd qilishning yangi usulini ishlab chiqish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib bormoqda.

·      Sanoat, tibbiyot informatika, aloqa va boshqa sohalardagi turli qurilmalar uchun yarimo‘tkazgichli asboblar bazasini ishlab chiqish va yaratish;

- spektrofotometrik tizimlar uchun yangi turdagi keng spektral sohada sezgirlikka ega fotoqabulqilgichlarni, optik nurlanishning quvvati va to‘lqin uzunligini o‘lchagichlarni va kriogen texnika uchun termodatchiklar ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

·      Yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish sanoatida ishtirok etish;

- «FOTON» AJ sanoat diffuziya pechlarida diffuziya jarayonlarini boshqarishning optimal uslubini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda.

·      Yangi yarimo‘tkazgichli materiallar va strukturalar olish texnologik asosini ishlab chiqish va takomillashtirish;

- lateral o‘stirish usuli asosida turli yarimo‘tkazgich materiallarning yuza bo‘yicha bir jinsli va yupqa epitaksial qatlamlarini o‘stirish imkonini beruvchi suyuq fazadan epitaksiya qilishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Ilmiy ishlari – 80 dan ortiq, shu jumladan:

·      chet el monografiyasida 1 ta bob;

·      8 ta ixtiro uchun patent;

·      44 ta ilmiy maqola.


Контакты

Телефон: +99871 2359361

Факс: +998712354291

E-mail: ftikans@uzsci.net

Адрес: Узбекистан, 100084, г. Ташкент, ул. Чингиз Айтматов 2Б

Подписка

Введите свой E-mail адрес и получайте новые материалы, новости и полезные советы с нашего сайта сразу на свою почту: