Обращение граждан
Физико-технический институт имени С.А. Азимова
Академии наук Республики Узбекистан

Fotoelektronika

     Laboratoriya mudiri — Ergashev Bobur Avaz o'g'li, fizika-matematika fanlari bo'yicha PhD. Kimyoviy-molekulyar dastalaridan olish usuli bilan xalkogenid materiallarga asoslangan yangi, yuqori samarali quyosh elementlarini ishlab chiqarish uchun fizik-texnologik asoslarni yaratish. Xalkogenid elementlar va ular asosidagi geterostrukturalarning fizik xususiyatlarini mukammal o‘rganish va ularning amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini ochib berish. Laboratoriyaning asosiy faoliyati xalkogenid elementlar va ular asosidagi gyeterostrukturalarni ishlab chiqarish uchun ilmiy-texnologik asoslarni ishlab chiqish, shuningdek, ular asosida yuqori samarali quyosh elementlarining laboratoriya namunalarini ishlab chiqarish uchun ularning fizik xususiyatlarini to‘liq o‘rganishdir. Laboratoriyada xalkogenid elementlar va ularga asoslangan quyosh elementlarini ishlab chiqarish uchun birlamchi texnologik qurilmalar mavjud bo‘lib, olingan quyosh elementlarini elektrofizik va optik parametrlarini tahlil qilish va tekshirish uchun tegishli uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa tegishli texnologik jarayonlarni takomillashtirish va ishlab chiqarilgan elementlarning xususiyatlarini yaxshilash imkonini beradi. Tadqiqotlar yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar yordamida olib borilmoqda. Laboratoriyada 2 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar tayanch doktorant, 1ta stajer tadqiqotchi, laborant va texniklar ilmiy faoliyat olib boradi. Laboratoriya olimlari Germaniya, Italiya, Shveysariya, Rossiya, Belarus hamda Yaponiyaning yetakchi universitet hamda ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqdalar. Laboratoriyada birgalikda yuqori samarali quyosh elementlarini ishlab chiqarishga qaratilgan O‘zbekiston-Belarus hamda O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.


Контакты

Телефон: +99871 2359361

Факс: +998712354291

E-mail: ftikans@uzsci.net

Адрес: Узбекистан, 100084, г. Ташкент, ул. Чингиз Айтматов 2Б

Подписка

Введите свой E-mail адрес и получайте новые материалы, новости и полезные советы с нашего сайта сразу на свою почту: