Обращение граждан
ФИЗИКО-ТЕХНИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
НПО "ФИЗИКА-СОЛНЦЕ" АН РУз

Quyoshiy issiqlik va energetik qurilmalari

       Quyosh issiqlik va energetik qurilmalari laboratoriyasi 1975 yilda texnika fanlari doktori, professor R.R.Avezov tomonidan «Past potensialli quyoshiy-issiqlik qurilmalari» laboratoriyasi nomi ostida Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti (FTI) tarkibida ochilgan.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi:

- issiqlik ta’minoti tizimlari va uning asosidagi past potensialli quyoshiy issiqlik qurilmalarining sinov namunalari yaratish va issiqlik tavsiflarini optimizatsiyalash, hamda ishlab chiqarish;

- O’zbekistonning iqlimiy sharoitiga moslashtirilgan, insolyatsion passiv quyoshiy isitish tizimlarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish;

- shaxsiy va birlashgan iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun quyoshiy isitish qurilmalari parametrlarini issiqlik-sxematik jihatdan optimallashtirish (umumlashtirish) va ishlab chiqish;

-  issiqlikni yig’ish bilan quyoshiy issiqxonalar parametrlarini issiqlik va energetik jihatdan optimallashtirish va ishlab chiqish;

- issiqlik energetik quyoshiy qurilmalari samaradorligining eksergetik tahlili;

- issiqlik akkumulyatori sifatidagi quyoshiy issiqlik qurilmalarida qo’llash uchun mo’ljallangan fazaviy o’tuvchan materiallarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish;

- issiqlik tashuvchisi sifatida quyosh o’zgartgichlarida qo’llash uchun nanosuyukliklarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish va x.z. lar hisoblanadi.

So’nggi 10 yil ichida laboratoriya xodimlari tomonidan 10 ta ilmiy loyiha bajarilgan bo’lib, ulardan 2 tasi fundamental, 6 tasi amaliy (shu jumladan 2 ta loyiha yosh olimlar tomonidan bajarilgan) va 2 ta innovatsion loyihalardir. Fundamental loyihalar qoshida bajarilgan asosiy ilmiy – tadqiqot ishlari quyosh nurlanish energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib o’tkazishning nazariy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan. Amaliy va innovatsion loyihalardagi tadqiqotlar turli maqsadlar uchun, ya’ni samarali quyosh qurilmalarini ishlab chiqishga, O’zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida innovatsion va yangi texnik yechimlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgandir.

So’nggi 5 yilda laboratoriyada quyidagi ilmiy loyihalar bajarilgan:

1) «Quyosh isitish insolyatsion tizimlarini dinamik va issiqlik-texnikaviy tavsiflari va quyosh energiyasini termodinamik o’zgartgichlarini tadqiq etish» mavzusi bo’yicha F3 – FA-O-50940 fundamental tadqiqotlar loyiha. Ilmiy rahbar t.f.d., ye.i.x. N.R.Avezova.

2) «Suyuk issiqlik tashuvchini isitish uchun mo’ljallangan yassi quyoshiy kollektor va absorberlarning asosiy issiqlik-texnikaviy parametrlarini aniqlash va tezkor usulda issiqlik sinovlarini o’tkazish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish» mavzusi bo’yicha FA-A4-F03 ilmiy texnikaviy loyiha. Ilmiy rahbar t.f.d., ye.i.x. N.R.Avezova.

3) «Tashelektromash» MCHJ sanoat korxonasining ma’muriy-xo’jalik binosi uchun quyoshiy issiqlik ta’minoti hamda havoni mu’tadillashtirish tizimlarini ishlar chiqish va foydalanish uchun ishga tushurish» mavzusi bo’yicha FA-I4-F003 innovatsion loyiha. Ilmiy rahbar t.f.d., ye.i.x. N.R. Avezova.

4) «Geliostat maydoni bilan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarni ishlab chiqish» mavzusi bo’yicha FA – A4 – F023 ilmiy-texnik loyiha. Ilmiy rahbar t.f.n., k.i.x. J.S.Asatov.

5) «Investigation of the physical properties of nanofluids as a heat transfer fluid and their influence on thermal-technical characteristics of low temperature solar applications» Xalqaro O’zbek–Xitoy loyihasi. Ilmiy rahbar t.f.n., k.i.x. J.S.Asatov.

6) «Past haroratli quyosh qurilmalarida issiqlik akkumulyatorlarining fazaviy o’tkazuvchan materiallarining issiqlik – texnikaviy tavsiflarini tadqiq etish» loyihasi. Ilmiy rahbar k.i.x. E.T.Jurayev.

Bugungi kunda laboratoriyada quyidagi ilmiy loyihalar bajarilmoqda:

1. FA-Atex-2018-(420+85) - Yassi quyosh suv isitgich kollektorlar va fotoelektrik modullarni sinash uchun avtomatlashtirilgan sinov stendlarini ishlab chiqish va yaratish (loyiha rahbari: d.t.n. Avezova N.R.);

2. FA-Atex-2018-422 - Quyosh qurilmalarida issiqlik tashuvchi sifatida ishlatish uchun nanosuyuqlikli issiqlik tashuvchilarni olish va samarali foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish (loyiha rahbari: k.t.n. Axatov J.S.);

3. FA-Atex-2018-421 - Yilning qishki va yozgi mavsumlarida quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun yuqori quvvatga ega bo'lgan energiya tejamkor va ishonchli o'zini o'zi drenaj qiladigan gelio qurilmalarini ishlab chiqish (loyiha rahbari: k.t.n. Rashidov Yu.K.).

4. YoFA-Atex-2018-144 - O'zbekiston Respublikasining tavsifiy hududlarida yassi quyoshiy energetik qurilmalari ish unumdorligini aniqlash uchun matematik modelni ishlab chiqish va amalga oshirish (loyiha rahbari: Raximov E.Yu.).

Laboratoriya hodimlari doimiy ravishda Rossiya, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Isroil, Xitoy va boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy markazlarida malakalarini oshirib kelishmoqda hamda faol ravishda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda.

Ushbu yo’nalish bo’yicha so’nggi 10 yil ichida 120 ta ilmiy maqola, jumladan, 98 ta ilmiy maqola xorijiyda nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan, shuningdek, 21 ta intellektual mulk uchun patent olingan.



Контакты

Телефон: +99871 2359361

Факс: +998712354291

E-mail: ftikans@uzsci.net

Адрес: Узбекистан, 100084, г. Ташкент, ул. Чингиз Айтматов 2Б

Подписка

Введите свой E-mail адрес и получайте новые материалы, новости и полезные советы с нашего сайта сразу на свою почту: